Ommaviy (davlat) mulk huquqi.umumiy mulk. Mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish Reja: O'zbekiston Respublikasi mulki Munitsipal mulk Ommaviy (davlat) mulkning zarurati va manbalari Ashyoviy huquq tushunchasi va turlari Xo'jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi. Meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqlari. Umumiy mulkdan ulush ajratish va uni taqsimlash yer-xotinlar o'rtasidagi mulk huquqi Dehqon va fermer xo'jaligining mulk huquqi Mulk huquqini himoya qilish tushunchasi. Mulk huquqi turli Mulk huquqini himoya qilish usullari Mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish (vindikatsion davo) Mulkdan foydalanishda mulk egasiga qilingan to'sqinliklarni bartaraf etish (negator davolar) Fuqarolik-huquqiy munosabatning alohida subyekti hisoblangan O'zbekiston Respublikasining mulkiy huquqlari, mol-mulkining doirasi, davlat mulkining zarurati va manbalari, ommaviy mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, davlat korxonalari, muassasalari hamda ijara korxonalarining mulkiy huquq va majburiyatlari haqidagi masalalar. Xo'jalik yuritish huquqi, operativ boshqarish huquqi, meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi, servitut huquqi tushunchalarini qamrab olgan ashyoviy huquq bilan bog'liq nazariy va amaliy qoidalar. Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari, umumiy mulk turlari, ular o'rtasidagi nisbat, ulushli mulkdagi ulushlarni aniqlash, ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish, uni tasarruf etish, umumiy mulk huquqidagi ulushning shartnoma bo'yicha oluvchiga o'tishi, imtiyozli sotib olish huquqi, umumiy birgalikdagi mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, undiriuvni umumiy mulkdagi ulushga qaratish asoslari va tartibi kabi masalalar Mulk huquqining kafolati va uni himoyalashda fuqarolik huquqining roli, mulk huquqini fuqarolik huquqi normalari bilan qo'riqlash tushunchasi va usullari, mulk huquqini vindikatsion davo qo'zg'atish yo'li bilan himoya qilishning xususiyatlari, mulkdan foydalanishda mulk egasiga qilingan to'sqinliklarni bartaraf etish (negator davolari), mulkdor bo'lmagan eganing huquqlarini himoya qilish, shuningdek, hozirgi vaqtda mulk huquqini himoya qilishning yangi usullari to'g'risidagi ilmiy-nazariy tushunchalar Ommaviy mulk - moddiy nematlarga nisbatan xalq manfaatlari yo'lida davlat organlarining qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan asoslar va shartlardagi munosabatidir. Ommaviy mulk huquqi deganda Respublika mulki va ma'muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulk) iborat bo'lgan davlat mulkiga nisbatan xalq manfaatlari yo'lida davlat organlarining egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish bilan bog'liq bo'lgan huquq normalari yig'indisi tushuniladi. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ommaviy mulk va davlat mulki tushunchalari farqsiz ishlatiladi. Shu sababli quyida ommaviy mulk va davlat mulki iboralaridan birini ishlatish xatolikni keltirib chiqarmaydi. Ayrim mutaxassislarning fikricha, bozor munosabatlari sharoitida davlat mulkiga nisbatan o'tmishdagi holat barham topib (davlat mulkining monopolligi, undiruv yoki qarzlar davlat mulkiga qaratilmasligi va shu kabilar), ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
68.62 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:52
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
68.62 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:52 ]
Arxiv ichida: docx