Omonat saqlash shartnomasi haqida umumiy qoidalar

Omonat saqlash shartnomasi haqida umumiy qoidalar

O'quvchilarga / Huquq
Omonat saqlash shartnomasi haqida umumiy qoidalar - rasmi

Material tavsifi

Omonat saqlash shartnomasi haqida umumiy qoidalar Reja: 1. Omonat saqlash shartnomasining tushunchasi. 2. Omonat saqlash shartnomasining turlari. 3. Taraflarning huquq va burchlari. Omonat saqlash shartnomasi deb shunday sharnomaga aytiladiki, bunga asosan bir taraf (omonat saklovchi) unga ikkinchi taraf (yuk topshiruvchi) bergan ashyoni saqlash va bu ashyoni Tula xolida qaytarish majburiyatini oladi. Omonat saqlash shartnomasining huquqiy belgilari, asosan, tubandagicha: birinchidan, omonat saqlash real shartnoma bo'lib hisoblanadi, chunki ashyoning omonat saqlash yuzasidan taraflar o'rtasida huquq va burchlar omonat narsaning ikkinchi tarafga topshirilishi paytidan etiboran vujudga keladi. Agar ashyoni omonat saqlash shartnomasi o'z kasb faoliyatining maqsadlaridan biri sifatida amalga oshiradigan tashkilot (professional omonat saklovchi) yoki yuridik shaxslar o'rtasida tuzilsa, omonat saqlash shartnomasi konsensual va ikki taraflama shartnomalar guruppasiga taalukli bo'ladi, chunki bunday shartnoma bo'yicha omonat saqlash ga kuyuvchida ashyoni omonat saqlash ga kuyish va ikkinchi tarafda, yani omonat saklovchida ashyoni kabul qilish burchlari shartnoma tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi; ikkinchidan, omonat saqlash shartnomasi bo'yicha omonat saklovchiga odatda, subyektiv mulk huquqining fakat bir unsurigina, yani mulkni egallash huquqigina utadi; uchinchidan, omonat saqlash shartnomasi qonun hujjatlari yoki shartnoma Bilan boshqacha xol belgilanmagan bulsa, tekinga tuziladigan shartnoma deb faraz kilinadi va bunday holda u bir tomonlama shartnoma bo'lib hisoblanadi; turtinchidan, omonat saqlash shartnomasining asosiy maqsadi omonat narsasini saqlash va keyinchalik butun holda kaytrishdan iborat. Omonat saqlash ni tadbirkorlik yoki boshqa professional faoliyat siftida amalga oshiradigan omonat saklovchi omonat saqlash shartnomasi bo'yicha o'z zimmasiga yuk tashuvchinig ashyolarini saqlash ga kabul qilish va yuk topshiruvchi bergan narsalarni FKning 876-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofik saqlash majburiyatini olish mumkin. Bundan tashqari,omonat saqlash shartnomasi bo'yicha ashyoni saqlash ga kabul qilish majburiyatini olgan omonat saklovchi bu ashyoni saqlash uchun uziga berishni talab qilishga xakli emas, birok ashyoni omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan muddatda saqlash ga topshirmagan yuk topshiruvchi, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bulmasa, ashyoni saqlash ga topshirmaganligi munosabati bilan etkazilgan zarar uchun omonat saklovchi oldida javobgar bo'ladi. Eng muhimi ashyoni, agar uning xususiyatlari imkoni bulsa, topshirilmagan vaqtdagi holatidan uzgartma saqlash vazifasi - shartnomada asosiy maqsad qilib kuyiladi. Omonat saqlash shartnomasining obyekti bo'lgan ashyoni saqlash vazifasi boshqa shartnomalarda xam uchrab turadi. Masalan, sotuvchi sotilgan mollarni saqlash i, yani mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq mol-mulkni topshirishdan oldin sotib oluvchiga utgan xollarda sotuvchi mol-mulkning yomonlashiga yul kuymay, uni topshirgunga qadar saqlash i shart. Agarda mol-mulkni saqlash uchun kilinadigan zarur chikimlarni, agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bulmasa sotib oluvchi sotuvchiga tulashi shart (FKning 391-moddasi). FKning 641-moddasi: Buyurtmachi berilgan mol-mulkning saqlanmaganligi uchun pudratchining javobgarligi. Pudrat shartnomasini bajarish munosabati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.29 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.29 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga