Omonat saqlash shartnomasi. Omonat saqlashning alohida turlari

Omonat saqlash shartnomasi. Omonat saqlashning alohida turlari

O'quvchilarga / Huquq
Omonat saqlash shartnomasi. Omonat saqlashning alohida turlari - rasmi

Material tavsifi

Omonat saqlash shartnomasi. Omonat saqlashning alohida turlari Reja: Omonat saqlash shartnomasining tushunchasi Omonat saqlash shartnomasining turlari Lombardda omonat saqlash (shartnomasi). Ashyolarni transport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash. Ashyoni tashkilotlarning kiyimxonalarida saqlash Tovar omborida omonat saqlash 1. Omonat saqlash shartnomasining tushunchasi. Omonat saqlash shartnomasi deb shunday shartnomaga aytiladiki, bunga asosan bir taraf (omonat saqlovchi) unga ikkinchi taraf (yuk topshiruvchi) bergan ashyoni saqlash va bu ashyoni to'la holida qaytarish majburiyatini oladi. Omonat saqlash shartnomasining huquqiy belgilari, asosan, tubandagicha: birinchidan, omonat saqlash real shartnoma bo'lib hisoblanadi, chunki ashyoni omonat saqlash yuzasidan taraflar o'rtasida huquq va burchlar omonat narsaning ikkinchi tarafga topshirilishi paytidan etiboran vujudga keladi. Agar ashyoni omonat saqlash shartnomasi o'z kasb faoliyatining maqsadlaridan biri sifatida amalga oshiradigan tashkilot (professional omonat saqlovchi) yoki yuridik shaxslar o'rtasida tuzilsa, omonat saqlash shartnoma konsensual va ikki taraflama shartnomalar gruppasiga ttalluqli bo'ladi, chunki bunday shartnoma bo'yicha omonat saqlashga qo'yuvchida ashyoni omonat saqlashga qo'yish va ikkinchi tarafda, yani omonat saqlovchida ashyoni qabul qilish burchlari shartnoma tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi; ikkinchidan, omonat saqlash shartnomasi bo'yicha omonat saqlovchiga, odatda, subyektiv mulk huquqining faqat bir unsurigina, yani mulkni egallash huquqigina o'tadi; uchinchidan, omonat saqlash shartnoma qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan boshqacha hol belgilanmagan bo'lsa, tekinga tuziladigan shartnoma deb faraz qilinadi va bunday holda u bir tomonlama bo'lib hisoblanadi; to'rtinchidan, omonat saqlash shartnomasining asosiy maqsadi omonat narsasini saqlash va keyinchalik butun holda qaytarishdan iborat. Omonat saqlashni tadbirkorlik yoki boshqa professional faoliyat sifatida amalga oshiradigan omonat saqlovchi omonat saqlash shartnomasi bo'yicha o'z zimmasiga yuk tashuvchining ashyolarini saqlashga qabul qilish va yuk topshiruvchi bergan narsalarni FKning 876-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq saqlash majburiyatini olish mumkin. Bundan tashqari, omonat saqlash shartnomasi bo'yicha ashyoni saqlashga qabul qilish majburiyatini olgan omonat saqlovchi bu ashyoni saqlash uchun o'ziga berishni talab qilishga haqli emas, biroq ashyoni omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan muddatda saqlashga topshirmagan yuk topshiruvchi, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazar tutilgan bo'lmasa, ashyoni saqlashga topshirmaganligi munosabati bilan etkazilgan zarar uchun omonat saqlovchi oldida javobgar bo'ladi. Eng muhimi ashyoni, agar uning xususiyatlari imkoni bo'lsa, topshirilgan vaqtdagi holatida o'zgartmay saqlash vaziag'fasi-shartnomada asosiy maqsad qilib qo'yiladi. Omonat saqlash shartnomaning obyekti bo'lgan ashyoni saqlash vazifasi boshqa shartnomalarda ham uchrab turadi. Masalan, sotuvchi sotilgan mol-mulkni saqlashi, yani mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq mol-mulkni topshirishdan oldin sotib oluvchiga o'tgan hollarda sotuvchi mol-mulkning yomonlashishiga yo'l qo'ymay, uni topshirgunga qadar saqlashi shart. Agar mol-mulkni saqlash uchun qilinadigan zarur chiqimlarni, agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, sotib oluvchi sotuvchiga to'shashi shart (FKning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.18 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.18 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga