Organlar, ularning huquqiy maqomi

Organlar, ularning huquqiy maqomi

O'quvchilarga / Huquq
Organlar, ularning huquqiy maqomi - rasmi

Material tavsifi

Organlar, ularning huquqiy maqomi Reja: Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tushunchasi turlari. Tezkor bo'linma va uning turlari. tushunchasi va turlari. Тезкор-қидирув фаолиятини амалга оширувчи органларнинг ҳуқуқлари. Тезкор-қидирув фаолиятини амалга оширувчи органларнинг мажбуриятлари. O'zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegarasini qo'riqlash organlari- O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati; O'zbekiston Respublikasi bojxona organlari- O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi; soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish organlari- O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti TQFni amalga oshiruvchi organlar Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risidagi Qonunda belgilangan vazifalarni faqat O'zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari va normativ-huquqiy hujjatlari (Davlat sirlarini saqlash to'g'risida, O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to'g'risida, O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to'g'risida, Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to'g'risida, Terrorizmga qarshi kurash to'g'risidagi qonunlari, O'zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar vazirligi to'g'risida muvaqqat nizom va boshq.) bilan belgilangan o'z vakolatlari doirasida hal etadilar. TQFni amalga oshiruvchi organlarning tezkor bo'linmalari jinoyat-ijroya tizimi xodimlari bilan hamkorlikda ushbu tizimga kiruvchi tergov hibsxonalarida tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazishga haqlidir. TQF to'g'risidagi qonun 10-moddasining 6-qismiga muvofiq, boshqa davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish taqiqlanadi. Ushbu qoida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 121-moddasidan kelib chiqadi. 2. Tezkor bo'linma va uning turlari Tezkor bo'linma - TQFni bevosita amalga oshiruvchi bo'linma. Tezkor bo'linmalar TQF to'g'risidagi qonunda belgilangan TQFni amalga oshiruvchi organlar tarkibiga kiradi. Bunday bo'linmalar ro'yxati O'zbekiston Respublikasining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilanadi. Bajarayotgan vazifalarining hajmi (hududiyligi, murakkabligi, ixtisoslashuv va boshq.)ga qarab, tezkor bo'linmalar bosh boshqarma, boshqarma, bo'lim, bo'linma, guruh bo'lishi mumkin. Bajarayotgan vazifalarining xususiyatiga qarab tezkor bo'linmalarning quyidagi turlari farqlanadi: 1. TQT o'tkazishni rejalashtiruvchi va tashkil etuvchi bo'linmalar. 2. TQT o'tkazuvchi bo'linmalar (faoliyat yo'nalishiga ko'ra): - sohaviy - uyushgan jinoyatchilikka, kontrabandaga, iqtisodiy huquqbuzarliklarga, moliya-kredit sohasidagi va boshqa xil jinoyatlarga qarshi kurash bo'yicha; - boshqa davlatlarning organlari bilan o'zaro aloqa qilish (chet el mamlakatlari organlari bilan o'zaro aloqa va tezkor o'tkazishlarni tashkil etish, xalqaro terrorizm va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha xalqaro operatsiyalarni tayyorlash va o'tkazish) bo'yicha; - tezkor-qidiruv tadbirlari (qidirish, tashqi kuzatish, yashirin kuzatish, aniqlash, tezkor aniqlash)ni o'tkazish bo'yicha; - faol va maxsus tadbirlar bo'yicha; - maxsus dasturlar bo'yicha; - maxsus tekshiruvlar bo'yicha; - tezkor-transport bo'linmalari. 3. TQT o'tkazishni texnik jihatdan ta'minlovchi bo'linmalar: - maxsus tadbirlarni tezkor-texnik ta'minlash bo'yicha; - muhandislik-texnika, axborot, radioelektron va kompyuter xavfsizligi bo'yicha. 4. TQT o'tkazishning axborot ta'minoti bo'linmalari: - tezkor hisoblarni yuritish bo'yicha; - tezkor axborotga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 64.09 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 64.09 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga