O'rmon fondi erlarining huquqiy holati. Reja 1. O'rmon fondi yerlari huquqiy holatining umumiy tushunchasi. 2. O'rmon fondi erlaridan foydalanish turlari va tartibi. 3. O'rmondan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari Mamlakatimiz yer fondi tarkibidagi muhim toifalardan biri o'rmon fondi erlaridir. Ushbu toifa yerlar O'zbekiston yer fondi tarkibida mustaqil fondni tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 76-moddasida ko'rsatilishicha, o'rmon xo'jaligi ehti¸jlari uchun berilgan yerlar o'rmon fondi yerlari deb etirof etiladi. O'zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 8-modda 6-bandiga ko'ra, o'rmon fondi yerlari ikki qismga: 1) o'rmon bilan qoplangan va 2) o'rmon bilan qoplanmagan bo'lsa ham, o'rmon xo'jaligi ehti¸jlari uchun berilgan erlarga bo'linadi. O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksi (76-modda) va O'zbekiston Respublikasining 199 yil 15 aprelda qabul qilingan O'rmon to'¦risidagi Qonuni o'rmon fondi va uning erlaridan foydalanish rejimiga taalluqli munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy normativ hujjatlardir. Shu qonun hujjatlarida o'rmon fondi erlarining huquqiy holati belgilab berilgan. Ko'rsatib o'tilgan normativ hujjatlarga binoan O'rmon fondi tushunchasi va o'rmon fondi yerlari tushunchasi bir-biriga mutanosibdir. Shunday qilib, o'rmon fondi deganda Davlat ahamiyatiga ega bo'lgan o'rmonlar, yani davlat o'rmon xo'jaligi organlari qarmo¦idagi o'rmonlar, boshqa idoralar va yuridik shaxslar foydalanishidagi o'rmonlar anglashiladi (O'zR O'rmon to'¦risidagi qonuni 5-moddasi). O'rmon fondi yerlari deganda o'rmon bilan qoplangan yerlar, shuningdek o'rmon bilan qoplanmagan, ammo o'rmon xo'jaligi ehti¸jlari uchun berilgan yerlar tushuniladi (O'rmon to'¦risidagi qonuni 7-moddasi). Davlat o'rmon fondi uchastkalari davlat o'rmon fondining bir qismi bo'lib, ularning chegarasi, maydoni, joylashgan manzili, huquqiy rejimi qayd etilgan hamda chizma-kartografik materiallarda ko'rsatilgan bo'ladi. O'rmonlar bilan qoplangan barcha maydonlarni o'rmon fondiga kiritar ekan qonunchilik bazi bir istisnolarni ham ko'rsatib o'tadi. Masalan, dov-daraxtlar bilan qoplangan quyidagi maydonlar o'rmon tushunchasi va uning maqsadiga mos kelmasligi sababli o'rmon fondiga kiritilmaydi: 1) qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan erlardagi ixota daraxtlar va to'p-to'p daraxtlar, ekinzorlarning ixota daraxtzorlari, shuningdek boshqa daraxtzorlar va butazorlar; 2) temir yo'l, avtomobil yo'lari, kanallar va boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ixota daraxtzorlari; 3) shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi daraxtlar va to'p-to'p daraxtlar, shuningdek ko'kalamzorlashtirish uchun ekilgan o'simliklar; 4) tomorqalardagi va bo¦ uchastkalaridagi daraxtlar hamda to'p-to'p daraxtlar. O'rmon fondi erlaridan foydalanishning asosiy vazifasi ¸¦och etishtirishdan iborat. Shu yerda yer bosh ishlab chiqarish vositasi sifatida bo'ladi. Shuning uchun o'rmon fondi erlarning katta qismini o'rmonlar bilan qoplangan yerlar tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda o'rmon fondi erlariga o'rmon bilan qoplanmagan, lekin o'rmon xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar ham kiradi. Shularga bo'sh joylar, nihollar vayron bo'lgan joylar, ¸ngan uchastkalar va boshqalarni aytish mumkin. Shundan tashqari, o'rmon fondi erlariga o'rmon bilan qoplanmagan va daraxt o'stirishga ham mo'ljallanmagan, lekin o'rmon xo'jaligi uchun zarur bo'lgan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.1 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.1 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: doc