O'rmon huquqi tushunchasi va tizimi Reja: 1. O'rmon huquqi tushunchasi va predmeti. 2. O'rmon huquqining tizimi. 3. O'rmon huquqi prinsiplari. 4. O'rmon huquqining huquq tizimida tutgan o'rni va boshqa huquq tarmoqlari bilan o'zaro olaqasi. O'rmon huquqi tizimimizda mustaqil huquq sohasini tashkil etadi. U mustaqil huquq sohasi uchun zarur bo'lgan barcha obyektiv belgilariga ya'ni huquqni tartibga solish predmeti, ijtimoiy munosabatlarning alohida sohasiga ega bo'lish, huquqiy tartibga solish usuli (metodi), umumiy qoidalar, huquqiy normalarning alohida tizimi, tamoyillari, funksiyalari va boshqalarga ega bo'ladi. O'rmon huquqi o'zida o'rmonlarga nisbatan davlat mulkchiligi asosida o'rmonlardan oqilona foydalanish, ularni qaytta ishlash,muhofaza etish, xalq xo'jaligi va aholini extiyotlarini qondirish, o'rmondan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya etish, o'rmon munosabatlari sohasida qonunchilikni mustahkamlashni ta'minlash maqsadida o'rmon ijtimoiy munosabatlarining alohida prinsiplarini tartibga soluvchi huquqiy normalar tizimini mujassam etadi. Huquq tizimida ma'lum huquq sohasini mustaqil deb tan olish uchun moddiy va yuridik belgi(lidan)larga ega bo'lish lozim. Huquq tizimini vujudga keltiruvchi moddiy faktorlarga huquqiy tartibga solish predmeti, ya'ni huquqqa nisbatan tashqi holat hisoblanuvchi, ammo u tomonidan ta'sir qilinuvchi ijtimoiy munosabatlarning shunday doirasi kiradi. Huquq sohasining yuridik belgilariga quyidagilar kiradi: a)huquqiy tartibga solishning mustaqil yuridik sohaviy rijimi. Bunga huquqiy tartibga solish usuli, umumiy qoidalar, tartibga solish mexanizmi kiradi; b)o'rmon qonunchiligida jamlangan alohida huquqiy normalar tizimining mavjudligi; v)o'rmon huquqi normalarning o'ziga xos sifatlarini ifodalovchi o'ziga xos tamoyillarning mavjudligi; g)alohida funksiyalarning mavjudligi; d)o'rmon huquqi normalarining boshqa huquq sohalari normalari bilan o'zaro bog'liqligi va o'zaro ta'siri (avvalo. Yer, kon, suv huquqi normalari bilan); ye)umumiy va alohida qismlarning mavjudligi; j)mustaqil o'rmon huquqiy munosabatlarning mavjudligi. Kunday qilib, o'rmon huquqi huquq sohalarining moddiy va yuridik belgilariga ega bo'lib, o'rmonlardan foydalanish, qayta ishlash, muhofaza qilishini ta'minlash sohasida birorta boshqa huquq sohalariga xos bo'lmagan funksiyalarni bajaradi. O'rmon huquqining predmeti, ya'ni o'rmon huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar o'rmon qonunida belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasi «O'rmon to'g'risida»gi qonunining 1-moddasida o'rnatishicha, o'rmon munosabatlargi ushbu qonun bilan tartibga solinadi. O'rmon to'g'risidagi qonun hujjatlarining vazifalari o'rmonlarni muhofaza qilish, qo'riqlash, o'lardan oqilona foydalanish, takroriy ko'paytirishni ta'minlash holda o'rmonlar maxsusdorligini oshirish maqsadida o'rmonga oid munosabatlarni tartibga solishdan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini muhofaza qilishdan iborat (2-modda). Ushbu moddalarning mazmunidan ko'rinib turibdiki, jamiyatning ijtimoiy munosabatlar tizimida o'rmon munosabatlari mustaqil sohani tashkil etadi. Ku munosabat bilan o'rmon munosabatlari tushunchasini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. O'rmon munosabatlari terminini o'rmonlarga oid ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqadi deb tushunish mumkin. Aynan o'rmonlar foydalanish, qaytta ko'paytirish va muhofaza qilish sohasidagi o'rmon munosabatlarini keltirib chiqaruvchi tabiiy moddiy boylik hisoblanadi. Kuning uchun o'rmon huquqi predmetini aniqlash uchun avvalo ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.43 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.43 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: doc