O'rmon qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik

O'rmon qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik

O'quvchilarga / Huquq
O'rmon qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik - rasmi

Material tavsifi

O'rmon qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik Reja: 1. O'rmon qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik tushunchasi va o'ziga xos xususiyatlari. 2. O'rmon qonunchiligini buzganlik uchun ma'muriy va intizomiy javobgarlik. O'rmon boyliklaridan samarali va oqilona foydalanishda yuridik javobgarlik jazo choralarini tegishli tartibda ko'llash muhim rol o'ynaydi. Chunki, qonunlarda o'rnatilgan o'rmonlardan qnoqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikka tortuvchi, jazo choralari belgilovchi huquq normalari davlat organlari, korxona, msuassasa, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarni O'zbekiston Respublikasining harakatdagi o'rmon to'g'risidagi qonunlariga og'ishmay rioya qilishlari hamda o'rmondan foydalanuvchilar va o'rmon egalarining buzilgan huquqlarini tiklashda va umun, o'romn sohasidagi qonunchilikni ta'minlashda alohida ahamiyatga ega. O'rmon qonunchiligini buzganlik uchun ma'muriy, intizomiy, faqarolik, jinoiy javobgarlik jazo choralari qo'llaniladi. O'rmondan foydalanish huquqini buzganlik uchun intizomiy, ma'muriy, fuqarolik, jinoiy javobgarlik kabi jazo choralarining qo'llanilishining asosiy sababi shundan iboratk, o'rmon qonunchiligini o'zida .qorida sanab ko'rsatilgan jazo choralarini belgilamaydi, balki o'rmon qonunini buzganda o'sha qonunlar normalarini qo'llash tavsiya etadi. Demak, o'rmon to'g'risidagi qonunda yuridik javobgarlik jazo choralari belgilanmaganligi uchun o'rmondan foydalanish huquqini buzganlik uchun boshqa qonun sohalaridagi, ya'ni mehnat, ma'muriy, fuqarolik, jinoyatqonunlarining jazo choralari ko'llaniladi. Biroq, shuni aytish kerakki, ushbu qonun sohalarida huquqiy jazo choralarini ko'llash uchun o'rmondan foydalanish huquqini buzish, bir vaqtning o'zida o'sha qonunlar normalarini ham buzgan bo'lishi lozim. O'rmon qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikka tortish asos bo'lib o'rmon huquqbuzarligining sodir etilishi va shu hildagi huquqbuzarliklar uchun qonunda javobgarlik jazo chorasini mavjudligi hisoblanadi. O'rmon qonunchiligida javobgarlikka tortish asosi hisoblangan ko'yidagi huquqbuzarlik turlari sanab ko'rsatilgan. Kunday huquqbuzarlik turlaridan biri-daraxt va butalarni qonunga hilof ravishda kesish hamda ularga shikast yetkazish hisoblanadi. O'rmonlardan foydalanish amaliyotda eng ko'p uchraydigan huquqbuzarlik turlaridan biri aynan mana shu xatti-harakatdir. Ma'lumki, o'romnlarni kesish «O'rmon to'g'risida»gi qonunda belgilangan tartibda amalga oshirili, ularni o'zboshimchalik bilan kesishga shikast yetkazilishiga yo'l ko'yilmaydi. Bu o'rmonlarni kamayib ketishiga, ekologiyasini buzilishiga, mamlakat iqtisodiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. O'rmonlarda foydalanish bo'yicha daraxt kesish o'rmonlardan samarali foydalanishga qaratilgan va ularni xo'jalik uchun qimmatli daraxt navlari bilan qayta tiklashga yordam beradigan qilib amalga oshiriladi. O'rmonlarda daraxtlarini kesish xo'jalik uchun qimmatli daraxt navlari bilan qayta tiklashga, o'rmonlarning ixota va suvini muhofaza qilish xususiyatlarini saqlashga xizmat qiladigan holatlar hisobga olinib qilinadi. Qo'riqxona deb e'lon qilingan, o'rmonlarda, milliy va tabiiy parklarda, o'rmonlarning qo'riqlanadi uchastkalarida, ilmiy va tarihiy ahamiyatga ega bo'lgan o'rmonlarda, tabiiy yodgorliklarda, o'rmon parklarida, yong'oqzor zonalarining o'rmonlarida, mevali daraxtzorlarda, shahar o'rmonlarida,ko'lmazor zonalarining o'rmon park qismlarida, suv ta'minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qiladigan zonalarning o'rmonlarida, davlat ixota daraxtzorlarida, nurashdan saqlaydigan o'rmonlarda va alohida qimmatli o'rmon massivlarida o'rmonlarni kesishga yo'l qo'yilmasdan, faqat ularni parvarish qilish va sog'lomlashtirish maqsadidagina kesishga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.15 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.15 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga