O'RTA ASRLARDA HINDISTON DAVLATI VA HUQUQI Reja: O'rta asrlarda Hindiston davlatining rivojlanish xususiyatlari va davrlarga bo'lish masalalari. Hindiston ijtimoiy tuzumining xususiyatlari. Hindistonda hokimiyat va davlat boshqaruvining tashkil etilishi. O'rta asrlarda Hindiston huquqining asosiy belgilari. 1. O'rta asrlarda Hindiston davlatining rivojlanish xususiyatlari va davrlarga bo'lish masalalari O'rta asrlarda Hindiston jamiyatining sekin va notekis rivojlanishi ushbu davlatni davrlarga bo'lishni ancha murakkablashtiradi. Qadimgi Hindiston davridayoq feodal munosabatlarni eslatuvchi ba'zi institutlarni uchratish mumkin edi. Masalan, Hindistonda yirik xususiy yer egaligi, qa-ram dehqonlarning ekspluatatsiya qilinishi va hoka'zolar qadimgi davrda-yoq mavjud bo'lgan. Qulchilik esa nafaqat o'rta asrlarda, balki undan keyin ham yo'qolmagan. V-VII asrlar Hindiston tarixida shartli ravishda o'rta asrlarning bosh-lanish davri hisoblanadi. Lekin bu vaqtda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy tuzumida tubdan o'zgarishlar yuz bermagan edi. Masalan, qadimgi davrda-gi Mauriylar imperiyasiga o'xshagan yirik davlatlar tashkil topmagan edi. O'rta asrlarda Hindiston siyosiy jihatdan tarqoq bo'lgan. U IV asrning boshlarida bir necha o'nlab mayda va yirikroq davlatlardan iborat bo'lib, bu davlatlar tepasida kichik-kichik podsholar - rojalar turardi. Ular o'rtasida tinimsiz o'zaro urushlar bo'lib turardi. 320 yilda shi-moliy Hindistonning rojalaridan biri Chandragupta I (320-340 yillar) teva-rak-atrofdagi podsholarni o'ziga bo'ysundirib, Gang daryosi havzasida xiyla katta bir davlat tuzdi, bu davlat Gupta davlati deb atalib, VI asrning boshigacha yashadi. U V asrdayoq tushkunlikka uchraydi, buning asosiy sababi mehnatkash omma ahvolining og'irligi edi. Gupta podsholigiga uzil-kesil zarba bergan narsa ko'chmanchi eftalitlar, ya'ni oq gunnlarning bostirib kirishi bo'ldi, ular V asrning oxiri - VI asrning boshlarida shimoliy chegarani yorib o'tib, Shimoliy Hindistonning ko'pgina shahar va qishloq-larini nihoyatda vayron va xarob qilib tashladi. 530 yilda oq gunnlar pod-sho Guptaning vassali roja Yasodxarma tomonidan tor-mor qilindi. Gunn-larni yenggandan keyin, Yasodxarma Gupta sulolasiga itoat qilishdan bosh tortib, o'zi maxaroja unvonini oldi. Lekin unga Gupta davlati hududining bir qismigina bo'ysundi. VII asrning boshlarida Xarsha (606-647 yillar) davlati burmuncha vaqtgacha yuksalib bordi. Xarsha Kanauja knyazligining rojasi edi, so'ng-ra u butun Shimoliy Hindistonni o'ziga bo'ysundirdi. Xarsha davlati Gang daryosi vodiysi bo'ylab Sharqiy Panjobdan to Bengaliya qo'ltig'igacha bo'lgan hududni o'z ichiga oldi. Markaziy Hindistonning knyazlari ham Xarshaga vassal qaramlikda edi. Hammasi bo'lib 40 tacha knyaz unga qa-ram edi. Xarsha imperiyasi uzoq umr ko'rmadi. Uning hokimiyati feodal-lashuv jarayonining kuchayishi, o'z vassallari - rojalar qudratining tobora ortib borishi natijasida zaiflashdi; bu rojalar pirovardida butunlay mustaqil bo'lib, markazga itoat etmay qo'ydi. Xarsha vafotidan keyin uning davlati parchalanib ketdi. Uzoq vaqtgacha Hindiston chet el bosqinchilariga qarshilik ko'rsata olmaydigan tarqoq bir mamlakat bo'lib keldi. Shiddatli va shafqatsiz o'zaro urushlar mamlakatni og'ir ahvolga so-lib qo'ydi hamda musulmon istilochilarini ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
78.26 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
78.26 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: doc