O'rta asrlarda Movarounnahr davlati va huquqi

O'rta asrlarda Movarounnahr davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
O'rta asrlarda Movarounnahr davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

O'rta asrlarda Movarounnahr davlati va huquqi (XII asrgacha) Reja: O'rta Osiyoda arablar hukmronligining o'rnatilishi. Somoniylar davlati va huquqi. G'aznaviylar davlati va huquqi. Saljuqiylar davlati va huquqi. Qoraxoniylar davlati va huquqi. Xorazmshohlar davlati va huquqi. Mo'g'ullar hukmronligi davrida Movarounnahr davlati va huquqi. 1. O'rta Osiyoda arablar hukmronligining o'rnatilishi Arablar O'zbekiston hududini bosib olishda Xurosonni o'zlarining tayanch nuqtalariga aylantirganlar. O'sha yerda turib, O'zbekiston hududini «Movarounnahr» - «daryoning orti», «daryoning narigi tomoni» deb ataganlar. Shu davrdan boshlab «Movarounnahr» degan ibora bizning hududimizga nisbatan ishlatiladigan bo'lgan. Markaziy Osiyo erlariga birinchi bor lashkar tortib kelgan hukmdor Ziyod ibn Abu Sufyondir. U 66 yilda (hijriy 46 yilda) Amudaryo bo'ylarigacha keladi, Marvni egallab katta boylik va o'ljalar olib yurtiga qaytib ketadi. O'rta Osiyoning qulay va go'zal tabiiy iqlimi va sharoiti hamda behisob boyliklari mol-dunyoga o'ch arab sahroyilarining tinchligini buzgan edi. Har ikki o'rtada shartnoma-bitim tuzilgan bo'lsa-da, Ubaydulloh o'rniga Xuroson amiri etib tayinlangan Said ibn Usmon 676 yilda Buxoro ustiga qo'shin tortadi. U juda ko'p hiyla-nayranglar ishlatib, Buxoro va unga yordamga kelgan So'g'diyona, Kesh, Nasaf qo'shinlarini tor-mor keltiradi. Buxoro podshosi Xotun ibn Usmon-ning talabi bilan uning huzuriga borishga majbur bo'ladi va juda ko'p o'lponlar to'lab, shahzoda va aslzodalardan 80 kishini garovga beradi. Shundan so'ng arablar Movarounnahr va Samarqandga yurish qilganlar. Ular bu joylarni egallab, juda ko'p boyliklarni qo'lga kiritganlar va samarqandliklardan 30 ming kishini asirlikka olganlar. Said ibn Usmon garovga olingan buxorolik shahzodalarni Marvga qaytishda ozod qilishga so'z bergan. Lekin u vadasida turmaydi va shahzodalarni aldab Madinagacha olib borib, ularning barcha zarbop kiyimlarini echib olib, qullarga aylantirgan. Erkparvar buxoroliklar bunday haqorat va pastkashlikka chiday olmasdan Said ibn Usmon saroyiga bostirib kiradilar va avval uni, so'ngra o'zlarini o'ldiradilar. Narshaxiyning yozishicha, Buxoro aholisi har safar islom lashkarlari kelganda musulmon bo'lar, arablar qaytib ketgandan so'ng, esa yana dindan qaytar edilar. 704 yilda Xuroson taxtiga Qutayba ibn Muslim o'tiradi va Xurosonni batamom o'ziga bo'ysundiradi. Ana shu davrdan etiboran arab bosqinchilari tomonidan Movarounnahrni zabt etishning ikkinchi davri boshlanadi. Narshaxiyning ma'lumot berishicha, Qutayba katta tayyorgarlikdan so'ng «sakson sakkizinchi yili (12 dekabr 706- 30 noyabr 707) Jayhun daryosidan o'tadi. Poykand aholisi bundan xabardor bo'lib, shaharni juda mustahkam devor bilan o'raydilar. Shuning uchun ham uni «jez shahar» deb ham atashgan. Musulmonlar qattiq va shiddatli janglardan so'ng, bu shaharni egallashgan. Ikki o'rtada sulh tuziladi. Qutayba Poykand shahriga amir etib, Varqo ibn Nasr Bohiliyni tayinlab, o'zi Buxoro tomon yurishni davom ettiradi. Poyqandda hukmron bo'lib qolgan Varqo shahar xalqiga jabr va zulm o'tkazadi, axloqiy buzuq ishlar bilan shug'ullanadi. Bunga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.71 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.71 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga