O'rta asrlarda O'zbekistonda siyosiy va huquqiy ta'limotlar

O'rta asrlarda O'zbekistonda siyosiy va huquqiy ta'limotlar

O'quvchilarga / Huquq
O'rta asrlarda O'zbekistonda siyosiy va huquqiy ta'limotlar - rasmi

Material tavsifi

O'rta asrlarda O'zbekistonda siyosiy va huquqiy ta'limotlar Reja: 1. Islom siyosiy va huquqiy ta'limotining o'ziga xos tomonlari va yo'nalishlari. (Imom Buxoriy Burxoniddin Marg'inoniy) siyosiy va huquqiy qarashlari. 2. Xalq ozodlik harakati siyosiy-huquqiy qarashlari haqida. 3. Farobiyning siyosiy va huquqiy ta'limotlari 4. Beruniy, Ibn-Sino va boshqalarning siyosiy va huquqiy qarashlari Islom dinining asoschisi Payg'ambar Muhammad ibn Abdullo (s.a.v.) 610 yilda dunyoda yangi islom dinini e'lon qildi va bu din tez orada dunyoga tarqaldi. O'rta Osiyoga - Turonga keyinchalik arablar Movarounnahr deb atagan bizning mamlakatimizga Islom VII asrning boshida kirib keldi. Islomga qadar bu yerda asosan Zardushtiylik dini va uning qonun-qoidalari, urf-odatlari amal qilar edi. Islom o'zidan avval amalda bo'lgan urf-odatlar va qonun-qoidalarni siqib chiqardi. Ularning o'rniga o'zining qoidalarini o'rnatdi. «Birinchi hijriy asrda islom huquqi shakllana boshlab, ikkinchi va uchinchi hijriy asrlarda taraqqiyot bosqichlariga ko'tarildi. Hijriy ikkinchi asr boshlarida ilk huquqiy maktablar (mazhablar) yuzaga kela boshladi va yangi shakllangan islom jamiyati o'zining boshlang'ich huquqiy va qonuniy institutlari- muassasalarini qurishga muvaffaq bo'ldi»1 Islom va uning qonun-qoidalariga qiziqish hamma zamonlarda ham yuksak bo'lgan. Ayniqsa 11 sentabr AQSHda, Nyu'york shahrida sodir etilgan qo'poruvchilik harakatlaridan keyin Amerika va Yevropamamlakatlarida unga qiziqish yanada ortdi. O'zbekistonga islom dini, islom huquqi, turli mazhablar, aqidaviy oqimlar va g'oyaviy yo'nalishlar Buxoro, Samarqand, Xorazm, Farg'ona, Surxandaryo, Qashqadaryo hududlariga VII asr boshida kirib keldi. Islom qonunshunosligi, Islom huquqi O'zbekistonda, Buxaro, Samarqand kabi yirik shaharlarda tez suratlar bilan rivojlandi va o'ziga xos huququiy maktab yaratildi. Fiqh - Islom huquqi dunyoda mashhur olimlar tomonidan o'rganildi. Majid Xadduriy, Xerbet J. Libes-amerikalik va ularning kitoblarini-«Islomda huquq» misol tariqasida ko'rsatish mumkin. O'zbek tarixchilaridan Narshaxnining Buxoro tarixi asari, Rus olimlaridan V.V. Bartoldning Turkiston tarixiga oid asarlari. Bizning mamlakatimizda bugun arab va fors tillaridagi manbalarni yaxshi bilgan olim Abdulhakim Shar'iy Juzjoniyning «Islom huquqshunosligi» degan kitoblarini keltirish mumkin. Islom Qur'on va Sunnaga ko'ra o'z qonunchiligi-Shariatni rivojlantirar ekan ko'p jihatdan arablarda mavjud bo'lgan odat va qonunlarning ayrimlarini bekor qilish, taqiqlash va ayrimlarini esa Qur'onda, Sunnada tasdiqlash yo'li bilan qonunlashtirdi. Islom qonunlarini avvalambor arab qabilalari hayotiga hamda yangi arab xalifaligi tasarufiga kiritilgan mamlakatlarda joriy qilishni amalga oshirdi. Samarqand shahri bosib olingandan keyin (taxminan 712 y.) O'zbekiston arab halifaligining bir qismiga aylantiriladi. O'rni kelganda shuni aytib o'tish kerakki, arablar tomonidan O'rta Osiyoni bosib olish va uning xalqlarini Islomga kiritish jarayoni oson bo'lgan emas. O'zbekiston aholisi uzoq kurashlar va yurishlar natijasida islomni qabul qildi. Islom qanchalik «mustahkam bo'lmasin u ichki ziddiyatlar va qarama-qarshiliklardan holi emas edi. Eng katta bo'linish bu havorij (xorijiylar) va Shia ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 91.09 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 91.09 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga