O'RTA ASRLARDA ROSSIYA DAVLATI VA HUQUQI TARIXI (IX ASR-XIX ASRNING O'RTASI) Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar). Siyosiy tarqoqlik davrida Rusda davlat va huquq (XII-XIV asrlar). Oltin O'rda davlati va huquqi (XII-XV asrlar). Markazlashgan Rus davlatining tashkil topishi va huquqning rivojlanishi. Rossiyada tabaqa-vakillik monarxiyasi (XVI asrning o'rtalari-XVII asrning o'rtalari). Rossiyada mutlaq yakka hokimlikning tashkil topishi va rivojlanishi (XVII asrning II yarmi-XIX asr boshi). Mutlaq yakka hokimlik davrida Rossiyada huquqning asosiy belgilari. Krepostnoy tuzumning yemirilishi va kapitalistik munosabatlarning o'sishi davrida Rossiya davlati va huquqi. Reja: VI-VII asrlar sharqiy slavyanlarda urug' ja-moa tuzumining to'la yemirilishi va feodal munosabatlarning o'rnatilishi davri bo'lgan. O'sha vaqtda ijtimoiy tuzumning asosini patriarxal oila jamoasi tashkil etgan. Bundan qo'shnichilik qishloq jamoasi o'sib chiqqan. Bu esa feodalizm rivojlanishining boshlanishi edi. Alohida oilalar ajralib chiqib, yakka xo'jalik yuritish rivojlangan. Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar) Davlatning tashkil topishi Asosiy ishlab chiqaruvchi kuch qishloq jamoasi edi. Sharqiy slavyanlarda quldorlik tuzumining tarkib topmaganligiga asosiy sabablar: birinchidan, ishlab chiqaruvchi kuchlar nisbatan yuqori darajada bo'lib, qo'shnichilik jamoasi mustahkam rivojlanganligi; ikkinchidan, sharqiy slavyanlarda sinfiy jamiyat, davlat vujudga kelayotgan vaqtda boshqa mamlakatlarda quldorlik tuzumi o'z umrini allaqachon o'tab bo'lganligi edi. IX asrda qadimgi Rusda feodal munosabatlar, ya'ni feodallarning yerga egaligi paydo bo'ladi. Qabila boshliqlari katta yer egalariga aylanadi. Feodal yer egalariga: knyaz, boyarlar va ruhoniylar kirardi. Knyaz eng yirik yer egasi bo'lib, uning yer egaligi jamoa yerlarini, bo'sh yerlarni egallab olish orqali kengayib bordi. Ijtimoiy tuzumi Boyarlar - urug', qabila ichidan o'sib chiqqan savdogarlar, jamoa a'zolari, boy hunarmandlar bo'lib, asta-sekin knyazning vassaliga aylangan. Knyaz drujinachilari ham boyarlarga aylandi. Ular xizmat uchun yer olib, tobora boyib boradilar. Yerga egalikning asosan quyidagi ikki shakli mavjud bo'lgan: votchina va pojalovaniya (xizmat uchun haq) tarzida in'om qilingan yerlar. Knyazning boyarlari, drujinachilari bo'lib, ular knyazga harbiy jihatdan ham bo'ysunardi. Feodallarning hayoti, sog'ligi, mulki qattiq himoya qilinardi. Kiyev Rusi qat'iy markazlashgan davlat emas edi. U boshqarish shakliga ko'ra ilk feodal monarxiyasi bo'lib, u syuzerenitet-vassalitet prinsipiga asoslanardi. Kiyev knyazi buyuk knyaz hisoblansa ham hokimiyati kuchli emas edi. Joylardagi knyazlar unga, ya'ni syuzeren knyazga vassal hisoblanardi. Buyuk knyaz Boyarlar kengashiga tayanib ish olib borardi. Boyarlar kengashi maslahatchi organ edi. U yirik boyarlar, oliy ruhoniylar: mitropolitlar, yepiskoplar va boshqalardan iborat tarkibda edi. Kengashda urush, sulh, boshqa davlatlar bilan ittifoq tuzish masalalari hal qilinardi. U qonunlarni muhokama qilar, ba'zi sud funksiyalarini ham amalga oshirar, harbiy, ma'muriy, moliyaviy va boshqa masalalarni hal etishda ishtirok etardi. Knyaz yo'qligida yoki o'limidan keyin Kengash asosiy hokimiyat organi bo'lib ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.61 MB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.61 MB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: pptx