O'rta asrlarda Sharq mamlakatlari davlati va huquqi RYeJA: O'rta asrlarda Xitoy ijtimoiy tuzumi O'rta asrlarda Xitoy aholisi uchta ijtimoiy guruhga bo'lingan: 1) oliyjanob kishilar - shenshi; ; 2) rahmdil, yaxshi kishilar - oddiy xalq, «mayda kishilar»; 3) past tabaqadan kelib chiqqan kishilar - davlatga tegishli va xususiy egalikdagi qullar kirgan. Xitoy davlat tuzumi Imperator Davlat kengashi chap va o'ng qo'l vazirlar 6 ta mahkama: 1) martabalar (mansablar, xizmatlar) bo'yicha; 2) marosimlar bo'yicha; 3) soliqlar (daromadlar) bo'yicha; 4) harbiy ishlar bo'yicha; 5) sud ishlari (ja'zolar) bo'yicha; 6) ijtimoiy ishlar bo'yicha. Ikkita maslahatchi va birinchi darajali chinovniklar boshchiligidagi Katta kotibiyat. Markazda ham, provinsiyalarda ham turli toifalardagi tsenzorlik, nazorat organlari ma'muriyatdan mustaqil mavqega ega edi. Huquqning asosiy belgilari Bizgacha etib kelgan birinchi qonunlar to'plami - XVII asrdagi Tan sulolasi kodeksi - Tan lyuy shui hisoblanadi. Bu qonunlar to'plamida qonunlarning to'rtta turkumi: lyuy - jinoyat qonunlari; lin - ma'muriy qonunlar; ko - jinoyat va ma'muriy qonunlarga qo'shimcha; shi - qonunlarni qo'llash haqidagi qoidalar o'rnatiladi. XI asr oxirida Xitoyda qonunlarni qayta ko'rib chiqish va tasniflashtirish bo'yicha maxsus byuro tuziladi. U, jumladan, 900 ta moddadan iborat qonunlar to'plamini tayyorlaydi. XIV asrning oxirida Min sulolasi qonunlari to'plami dunyoga keladi. Jinoyatlar O'nta yovuzlik konsepsiyasi asosida tasniflashtirilgan. 2. Arab xalifaligining tashkil topishi va islom huquqi Arab xalfaligida aholi: 1) musulmonlar va nomusulmonlarga; 2) arablar va boshqa xalqlarga bo'lingan. Ularning huquqlari noteng va har xil edi. Boshqa dindagilar - zimmiylar to'la huquqiy layoqatga ega emas edi. Islom huquqi bo'yicha qullar huquq subyekti bo'lmagan, lekin ular o'z xo'jayinlarining roziligi asosida erkin kishilar bilan shartnoma tuzishlari va mulkka egalik qilishlari mumkin edi. Arab xalifaligining davlat tuzumi Muhammad (SAV) payg'ambar,Allohning qonuniy noibi va yerdagi oliy rahbar edilar. Qonun chiqarish, ijro hokimiyati, oliy sud hokimiyati va harbiy hokimiyat Muhammad (SAV) ga tegishli edi. Muhammad (SAV) tomomnidan harbiy boshliqlar, soliq yig'uvchilar, harbiy boylikni saqlovchilar, shuningdek, hujjatlar, mulkiy holatlarni qayd etish, soliq tushumlarini baholash, xatlar yuborishni tartibga solish uchun kotiblar tayinlanardi. Arabcha - xalifa so'zi merosxo'r yoki o'rinbosar manosini bildiradi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, xalifalar (arabcha xillaafa) diniy vazifalar bilan birga dunyoviy vazifalarni ham bajarardilar. Xalifa huzurida kengash (shuura) mavjud bo'lib, muhim ishlarni hal etgan. Davlatda oliy mansabdor shaxs buyuk vazir bo'lgan. Arab xalifaligining davlat tuzumi Boshqaruvining markaziy organlari - devonlar bo'lgan: 1. Al-Xiroj - ichki ishlar devoni moliyaviy ishlarga rahbarlik qilgan. 2. Al-Xatim - xalifa kotibiyati hisoblangan, yashirin politsiya funksiyasini ham bajargan. 3. Al-Rasoil - pochta va aloqa devoni bo'lgan. U pochtalarni va davlat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.65 MB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.65 MB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: pptx