O'rta asrlarda sharq mamlakatlari davlati va huquqining rivojlanish xususiyatlari O'rta asrlarda Sharq jamiyatlarining tadrijiy rivojlanishi Yevropafeodal jamiyatlaridan farqli o'laroq alohida yo'llar bilan bordi. Sharqda ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tuzumlarning an'anaviyligi ushbu rivojlanishning juda sekinlik bilan yuz berishiga sabab bo'ldi. Bu esa ma'lum darajada o'quv adabiyotlarida keng qo'llaniladigan feodalizm tushunchasining ushbu jamiyatlarga nisbatan ishlatilishini xuddi quldorchilik tushunchasi singari shartli qilib qo'yadi. Sharqda quldorchilik ijtimoiy ishlab chiqarishda hech qachon muhim rol o'ynamaydi. Jamiyat taraqqiyotiga nisbatan formatsion yondashuvlarda ishlab chiqarish munosabatlari asosiy omil sifatida ajratib ko'rsatiladi, har bir muayyan jamiyat tizim tarzida ko'riladi. Bunda ishlab chiqarish munosa-batlaridan boshqa barcha ijtimoiy aloqalar ular ustida turuvchi yasama ustqurma hisoblanadi. Bu tarixga monistik-materialistik qarashni belgi-laydi. Tarixga monistik-materialistik qarashning asosida tarixiy jarayon-larni formatsion davrlashtirish yotadi. Unga ko'ra, quldorchilik tuzumi o'rniga feodalizmning, feodal tuzum o'rniga kapitalizmning va nihoyat, «oxir-oqibatda butun insoniyatning porloq kelajagi» sifatida kommunizmning kelishi go'yoki birin-ketin keladigan qonuniy va muqarrar tarixiy jarayonlardir. Sharq jamiyatlarining kamdan-kam uchraydigan hodisa ekanligi ijtimoiy taraqqiyotning ko'p qirrali ekanligidan, faqat bazisdagi o'zgarishlargagina bog'liq ekanligidan dalolat beradi. Ma'lumki, Yevropamamlakatlarida feodalizm tushunchasi o'rta asrlar iborasining sinonimi sifatida ishlatiladi. Lekin buni Sharq mamlakatlariga nisbatan qo'llanishi to'g'ri emas. Xuddi shuningdek, Yevropamamlakatlarida ham, Sharq mamla-katlarida ham o'rta asrlar yoki feodalizm davrining quyi va yuqori xronologik chegaralarini belgilash juda qiyin. Shunday bo'lsada, sof metodik nuqtai nazardan insoniyat tarixining bunday uzoq davom etgan bosqichini ma'lum tizimga solib, chuqur va atroflicha o'rganish maqsadida davrlashtirish va buning uchun uning quyi va yuqori chegaralarini aniqlab olish taqozo qilinadi. Lekin shunga qaramay, alohida Sharq davlatlari uchun o'rta asrlarning yuqori xronologik chegarasi belgilanadi. Masalan, Xitoy uchun XX asrning boshidagi inqilobiy o'zgarishlar (1911-1913 yillardagi inqilob), Yaponiya uchun XIX asr o'rtasidagi Meydziisin inqilobi, mustamlaka ostidagi Sharq mamlakatlari, avvalo Hindiston uchun kolonial hukmronlikning o'rnatilishi, an'anaviy tuzulmalarning asta-sekin sindirilishi, bu mamlakatlarning jahon kapitalistik bozoriga tortilishi o'rta asrlarning yuqori xronologik chegarasi hisoblanadi. Sharq mamlakatlarida o'rta asrlarning yuqori xronologik chegarasini, ya'ni qachongacha davom etganligini aniqlash ham ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar bilan bog'liq. Sharq davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tuzumidagi sifat o'zgarishlari, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi ularning hammasida bir vaqtda sodir bo'lmagan. Sharq mamlakatlarining butun tarixiy rivojlanishiga yerga nisbatan davlat mulkchiligining keng tarqalishi katta ta'sir ko'rsatdi. Albatta, davlat mulki jamoachi-dehqonlarning xususiy yer egaligiga asoslangan jamoa mulkchiligi shakli bilan qo'shilib ketgan edi. Davlat mulki tor ma'noda faqat monarxning juda katta yer egaligini va davlat xazinasini o'z ichiga olgan. U keng ma'noda hokimiyatga aloqasi bo'lgan shaxslarga davlat fondidan in'om tarzida hadya qilib berilgan yerlarni ham o'z ichiga olgan. O'rta asrlardagi hamma Sharq jamiyatlarida yer ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.68 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.68 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: pptx