O'RTA ASRLARDA SHARQ MAMLAKATLARI DAVLATI VA HUQUQINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Reja: O'rta asrlarda sharq mamlakatlari davlati va huquqining rivojlanish xususiyatlari O'rta asrlarda Sharq mamlakatlari (Hindiston, Xitoy, Arab xalifaligi, Yaponiya)ning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi Sharq mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi O'rta asrlarda Sharq jamiyatlarining tadrijiy rivojlanishi Yevropafeodal jamiyatlaridan farqli o'laroq alohida yo'llar bilan bordi. Sharqda ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tuzumlarning an'anaviyligi ushbu rivojlanishning juda sekinlik bilan yuz berishiga sabab bo'ldi. Bu esa ma'lum darajada o'quv adabiyotlarida keng qo'llaniladigan feodalizm tushunchasining ushbu jamiyatlarga nisbatan ishlatilishini xuddi quldor-chilik tushunchasi singari shartli qilib qo'yadi. Sharqda quldorchilik ijtimoiy ishlab chiqarishda hech qachon muhim rol o'ynamaydi. Lekin qulchilik munosabatlari o'rta asrlarda ham mavjud bo'lishda davom etgan. Ayni paytda Yevropafeodalizmining ba'zi ijtimoiy institut-lari qadimgi davrda ham, o'rta asrlarda ham Sharqqa yot (begona) bo'lmas edi. Masalan, qadimgi Xitoyning ilk Chjou davridagi udel tuzumiga asoslangan davlatining markazlashtirilmaganligi sharoitidagi ijtimoiy-siyosiy tuzumini esga olish kifoya. Yangi davr istoriyagrafiyasida89 o'rta asrlar haqidagi tasavvurlar XVII-XVII asrlardagi ma'rifat va inqilobiy o'zgarishlar natijasidagi «Yangi tarix» tushunchasi bilan bir qatorda shakllandi. Bunda G'arbiy Yevropaning yangi tarixi uning o'tmishiga, ya'ni qadimgi antik va o'rta asrlariga qarama-qarshi qo'yiladi. Yangi davr yuqoridagi antik va o'rta asrlar o'rniga kelgan tadrijiy tarixiy bosqich sifatida qabul qilinadi. Bu uch bosqichli sxema, antik qadimiylik quldorchilik bilan, feodalizm esa - o'rta asrlar bilan bog'lana boshlangach, tugallangan shakllarni olgan edi. Yangi davr istoriyagrafiyasida o'rta asrlar o'ziga xos maxsus ijtimoiy-siyosiy tuzum sifatida ko'riladi. Unga binoan, o'rta asrlar jamiyatining siyosiy tuzilishi markazlashmaganligi va vassalliklenga oid munosabatlar tizimi-ning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Feodalizm tushunchasi markscha adabiyotlarda mustahkam ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya sifatida ifodalanib, ishlab chiqarishning maxsus usuli haqidagi ta'limot darajasiga ko'tariladi. Jamiyat taraqqiyotiga nisbatan formatsion yondashuvlarda ishlab chiqarish munosabatlari asosiy omil sifatida ajratib ko'rsatiladi, har bir muayyan jamiyat tizim tarzida ko'riladi. Bunda ishlab chiqarish munosa-batlaridan boshqa barcha ijtimoiy aloqalar ular ustida turuvchi yasama ustqurma hisoblanadi. Bu tarixga monistik-materialistik qarashni belgi-laydi. Tarixga monistik-materialistik qarashning asosida tarixiy jarayon-larni formatsion davrlashtirish yotadi. Unga ko'ra, quldorchilik tuzumi o'rniga feodalizmning, feodal tuzum o'rniga kapitalizmning va nihoyat, «oxir-oqibatda butun insoniyatning porloq kelajagi» sifatida kommunizm-ning kelishi go'yoki birin-ketin keladigan qonuniy va muqarrar tarixiy jarayonlardir. Lekin Karl Marksning o'zi ham ko'pgina jamiyatlarning tarixini bun-day sxemaga solib o'rganish mumkin emasligiga ma'lum darajada tushu-nib yetgandi va o'zining dastlabki asarlaridayoq «osiyocha ishlab chiqarish usuli»ning alohidaligi haqidagi ta'limotni yaratgan edi. «Osiyocha ishlab chiqarish usuli» haqidagi masala yuzasidan yaqin-yaqinlargacha ilmiy adabiyotlarda tortishuvlar mavjud edi. Biroq, sharq jamiyatlarida qadimgi davrda ham, o'rta asrlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tuzumning o'ziga xosligi, ularning juda sekinlik bilan rivojlanib borish xususiyati, ko'p ukladliligining ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.13 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.13 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:41 ]
Arxiv ichida: doc