O'rta asrlarda Yevropamamlakatlari davlati va huquqi Fransiya Germaniya va Buyuk Britaniya Reja: O'rta asr G'arbiy Yevropadavlatchiligiga umumiy tavsif Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari. Tabaqa-vakillik monarxiyasi O'rta asrlarda Yevropadavlatlari huquqiy tizimining xususiyatlari Germaniyada huquqning asosiy belgilari. O'rta asr G'arbiy Yevropadavlatchiligiga umumiy tavsif Yevropadavlatchiligining shakllanishini yerga egalik bilan bog'liq holda o'rganish maqsadga muvofiqdir. G'arb mamlakatlarida yerning oliy egasi monarx (qirol, knaz, imperator) hisoblanib, boshqa feodallar undan xizmat evaziga yoki boshqa shartlar bilan yer olganlar. Ular esa bu yerni uchinchi bir shaxsga ma'lum shartlar evaziga berganlar. Yer bergan feodal «syuzeren», olgani esa «vassal» deb yuritilgan. Feodal ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiy etishi bilan davlatchilik ham rivojlangan. Yevropada bu jarayon quyidagi to'rt bosqichda amalga oshgan: ilk feodal monarxiyasi; sen'orlik monarxiyasi (feodal tarqoqlik); tabaqa vakillik monarxiyasi; mutlaq monarxiya bosqichlari. Yevropadavlatlari bu bosqichlarni turlicha boshidan kechirdilar. Feodal jamiyati va uning siyosiy tashkilotlari tizimida mafkurani belgilovchi cherkov katta rol o'ynagan. Diniy, fuqaroviy, oilaviy-maishiy ishlar bo'yicha sud ishlarini ko'rib chiqqan va jazoni tayinlab, uning ijrosini amalga oshirgan. X-XI asrlarga kelib shaharlar savdo va hunarmandchilik markazlariga aylanib, mustaqillikni qo'lga kiritadi. Fuqarolarning erkinligi tan olinadi. Aholi, shuningdek hunarmandlar ittifoqlarga birlasha boshlaydi. XVI asrga kelib antifeodal inqiloblarning yaqinlashishi bilan davlat va huquq tizimining yangi demokratik tamoyillarini asoslovchi siyosiyhuquqiy ta'limotlar rivojlandi. Absalut monarxiya tuzumiga qarshi inqiloblar natijasida insoniyat Antik va uyg'onish davrlari oralig'idagi V-XVII asrlarni o'z ichiga oluvchi o'rta asrlardan chiqib, yangi davrga qadam qo'yadi. Franklar davlati (V-IX asrning birinchi yarmi). Rim imperiyasining zaiflashuvi davriga kelib, yer tanqisligi sababli imperiyaning ittifoqchisi bo'lgan varvarlar, ya'ni german jamiyatini tashkil etuvchi tobora o'sib borayotgan ko'p sonli german qabilalari uning hududiga ko'chib o'tadi. Bu ko'chish IV asr oxiri va V asrlarni o'z ichiga olib, «xalqlarning buyuk ko'chishi» davri deb ataladi. Umuman olganda, bu davrda oldinroq Quyi, O'rta va Yuqori Reyn, Yutlandiya yarim oroli, Elba bo'ylari, Dunay va Qora Dengiz bo'yi hududlarida yashovchi katta-katta varvar qabilalaridan ingliz-sakslar, franklar, allemanlar, langobardlar, vandallar, burgundlar, vestgotlar va ostgotlar ittifoqlarga birlasha boshlagan. Bundan ham ilgariroq gotlar ittifoqlarining har biri Dunay va Qora Dengiz bo'yi hududida ko'p qabilalik davlat tashkil qilgan edi. Ko'chib kelgan german qabilalari V asr oxiriga kelib Rim imperiyasi hududiga, ya'ni vandallar Shimoliy Afrika, vestgotlar (g'arbiy gotlar) Ispaniyaga, ostgotlar (sharqiy gotlar) Italiyaga, franklar Galliyaga, inglizlar bilan sakslar Britaniyaga joylashdilar. Ular shu joylarda o'z davlatlarini tuzdilar. Rim imperiyasi hududida tuzilgan varvar qirolliklari orasida eng kattasi va kuchlisi Franklar qirolligi edi. Sali (dengiz) frank (erkin, jasur)lari ilgarigi davrda ham eng kuchli qabila hisoblangan. Franklar qirolligining asoschisi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.35 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.35 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:41 ]
Arxiv ichida: doc