O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limida huquqni o'qitish Reja: O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limida huquqni o'qitish Oliy ta'limda huquqni o'qitish 1. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limida huquqni o'qitish Ta'limning bu turlari xalq ho'jaligi uchun yosh mutaxasisslarni tayyorlab beradi. Bu yerda ta'lim oluvchilar xali maktab ta'siridan xalos bo'lmagan o'smirlardir. Lekin ularning hayotida jiddiy o'zgarish sodir bo'lib, ularning ko'pchiligi oiladan ajralgan holda o'qiydi. Bu esa ularning tarbiyalanish tizimiga, shu jumladan huquqiy tarbiyasiga ma'lum xususiyatlar kiritadi. Ularning ko'pchiligi uchun endilikda ota-onasining o'rnini tarbiyachi-o'qituvchisi, ustozi egallaydi. O'quvchilarning turmush mustaqilligi kengayadi, ular ustidan ota-ona nazorati susayadi. Bu yangi vaziyat ularga ta'lim-tarbiya berishda boshqacha yondashishni talab qiladi. Deyarli barcha o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimida o'quv rejasiga binoan 46 soat «Huquqshunoslik» va 34 soat «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish» maxsus kursi o'tiladi. Huquqni o'qitishda tinglovchilarning tanlagan kasblari inobatga olinadi va o'qituvchi shunga ko'ra o'z ma'ruza matnlariga, o'zgartirishlar, qo'shimchalar qo'shib boradi. O'qituvchi: birinchidan, huquqiy normalarni o'qitishda bo'lajak mutaxassislikni e'tiborga olish lozim. Masalan, sanoat sohasida sanoatga, qishloq ho'jaligi sohasida qishloq ho'jaligiga, shifokorlik sohasida shifokorlarga, maishiy xizmatda mazkur xizmatga xos xususiy normalarni o'rganish va boshqalalar. Ikkinchidan, mehnat va xo'jalik huquqlarini o'qitishga ko'proq e'tibor berish kerak. Chunki bo'lajak yosh mutaxassislar o'z mehnat huquqlarini, uning kafolatlarini va mulkiy munosabat tartiblarini ustozidan o'rganib oladi va hayotida tadbiq etadi. Uchinchidan, ular oiladan oladigan tarbiyani ham o'z o'quv maskanida o'qituvchilaridan olib, kelajak oilaviy tumushga tayyorlanadilar. To'rtinchidan, o'quv ishlari mehnat faoliyati bilan birgalikda olib borilganligi tufayli ularga huquqni o'qitish huquqiy amaliyot bilan qo'shib o'tiladi. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining mutaxassisligigaqarab o'qituvchi huquqiy bilim berishda mavzuning nazariy va amaliy qismlarini, shu sohaga aloqador huquqiy normalar bilan to'ldirishi kerak. 2. Oliy ta'limda huquqni o'qitish Oliy o'quv yurtlarida «Huquqshunoslik» fani ikki yo'nalishda o'qitiladi: 1) umumiy tushunchada huquqiy bilim berish; 2) maxsus tarzda huquqiy bilim berish. Umumiy huquqiy bilim noyuridik oliy ta'limdagilarga mo'ljallangan. Maxsus huquqiy bilimni bo'lajak huquqshunoslarni tayyorlashga qaratilgan oliy ta'limda beriladi. Masalan, Respublikamizning hamma pedagogik oliy ta'limida umumiy huquqiy bilim beriladi, ular qoshidagi «Huquqshunos, ma'naviyat va ma'rifat asoslari» mutaxassisliklari uchun maxsus huquq bilimi beriladi. Yuridik institututlar va fakultetlarda esa to'liq huquqiy bilim berilib huquqshunos o'qituvchilari va huquqni himoya qiluvchi davlat organlari uchun mutaxasislar tayyorlanadi. Professor-o'qituvchi ma'ruza boshlashdan oldin talabalarga ma'ruza rejasini, maxsus adabiyotlarni yozdiradi va ma'ruza matni bo'lsa, ularga tarqatadi. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limidan farqliroq oliy ta'limda huquq o'qituvchisi fan takrorlanmasligiga, talabalarning qabul qilish layoqati, yoshi, ularning fanga qiziqishi inobatga olinishi lozim. Har bir mavzu bo'yicha qo'shimcha adabiyotlar, qonun yangiliklari, yangi chop etilgan huquqshunos olimlarning asarlari tavsiya etiladi. Talabalardan ko'proq mustaqil ishlash talab qilinadi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.87 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.87 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:41 ]
Arxiv ichida: doc