O'rta Osiyo xonliklari davlati va huquqi tarixi (XVI-XIXasrning I-yarmi) Reja: Buxoro xonligining ijtimoiy va davlat tuzumi. Buxoro amirligining tashkil topishi va davlat boshqaruvi. Buxoro amirligida sud hokimiyati. Buxoro amirligi huquq tizimining asosiy sohalari (soliq, jinoyat huquqi, savdo huquqi, oila-nikoh, meros huquqi va boshqalar). Xiva xonligi markaziy va mahalliy boshqaruvi. Qo'qon xonligining davlat tuzumi. Qo'qon xonligida sud va sudlov masalalari. Qo'qon xonligining huquqiy tizimi. 1. Buxoro xonligining ijtimoiy va davlat tuzumi XVI asrga kelib, Movarounnahr davlatchilik va huquqi tarixida Abdulxayrxon avlodlari bo'lgan dasht o'zbeklari davlatining tashkil topishi bilan xarakterlanadi. 1558 yilda Abdulxayrxonning avlodlaridan eng yoshi kattasi Pirmuhammad xonlar xoni etib saylangan. Shayboniy sultonlar ichida katta mavqega ega bo'lgan Ubaydullaxon oliy hokimiyatni o'z qo'liga olishga erishgach, (1533-1539). Movarounnahr ayniqsa, Buxoro viloyati har tomonlama rivojlangan. Xonlikning poytaxti Samarqanddan Buxoro shahriga ko'chirilgan. Shundan so'ng, Shayboniylar davlati rasman Buxoro xonligi deb atala boshlangan. Lekin Ubaydullaxonning o'limidan so'ng, o'zbek sultonlari orasidagi kelishmovchiliklar yana kuchayib ketdi. Buxoroda Abdulazizxon, Samarqandda Abdulatifxon va Toshkent, Turkistonda Navro'z Axmadxon hukmronlik qila boshlagan. Shayboniy sultonlarni yagona davlatga birlashtirishda Abdulla ibn Iskandarxonning roli katta bo'lgan. Buxoro xonligi taxtida o'tirgan tog'asi Pirmuhammad yordamida Miyonkol, Kesh, Buxoro va Nasafni egallangan. 1560 yil otasi Iskandar Sultonni Buxoroga olib kelib butun o'zbeklarning Oliy xoni deb elon qiladi. Amalda esa hokimiyatni Abdullaxonning o'zi boshqargan. Keyinchalik Abdullaxonning vafotidan so'ng, Markaziy davlatning zaiflashuvi natijasida Xorazm va Xuroson qo'ldan ketadi. Farg'ona vodiysini, Toshkentni, Samarqand va Zarafshon vohasini katta qismini qozoq xoni Tavakkalxon bosib oladi. 1601 yilda Pirmuhammadning o'limidan keyin Buxoro taxti yangi sulola Ashtarxoniylar (Joniylar) qo'liga o'tgan. Xonlikning asosiy boyligi yer edi. Yer egaligining quyidagi turlari mavjud bo'lgan: Mulkiy sultoniy, amlok yerlar- bu erlardan olinadigan daromad xon va uning xonadoniga tegishli edi. Xususiy yerlar - ma'muriy va diniy amaldorlarga tegishli bo'lgan va suyurg'ol, iqto, tanho shaklidagi xususiy yerlar. Vaqf yerlari - diniy tashkilotlarga tegishli yerlar. Ashtarxoniylar davrida sug'oriladigan erlarda O'rta Osiyo mintaqasi uchun an'anaviy bo'lgan bug'doy, arpa, jo'xori, loviya, mosh, sholi, paxta, sabzavot va poliz ekinlari dasht va tog' oldi lalmi erlarida bug'doy, arpa, kunjut, tarvuz, qovun va boshqalar ekilib dehqonchilik qilgan. Bu davrda Shayboniylar davrlaridek ijtimoiy tabaqalar saqlanib qolgan. 1. Oliy tabaqa - xon va yirik saroy amaldorlari. 2. Ulamolar va boshqa diniy amaldorlar (ayniqsa Jo'ybor xo'jalari). 3. Raiyat - soliq to'lovchilar. 4. Qullar. (Saroy xizmatidagi qullar, xonning shaxsiy qo'riqchilari). Ashtarxoniylar davrida xonlikning hududi qisqarib ketadi. Xonlik tarkibiga oltita viloyat Buxoro, Samarqand, Sagaraj, O'ratepa, Shahrisabz va Fuzor kirgan. Keyinchalik Xisor, Toshkent, Farg'ona, Turkiston, Balx viloyatlari bo'ysundirilgan. Ammo Hirot va Xorazm ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.89 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.89 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:41 ]
Arxiv ichida: doc