O'rta Osiyoda XVI - XIX asrning birinchi yarmida ijtimoiy siyosiy fikr

O'rta Osiyoda XVI - XIX asrning birinchi yarmida ijtimoiy siyosiy fikr

O'quvchilarga / Huquq
O'rta Osiyoda XVI - XIX asrning birinchi yarmida ijtimoiy siyosiy fikr - rasmi

Material tavsifi

O'rta osiyoda XVI-XIX asrning birinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy fikr Reja: 1. Kirish 2. O'rta Osiyo xalqlarining XVI -XVII asr ijtimoiy-siyosiy fikri. 3. O'rta Osiyo xalqlarining XVII asrning oxiri XVII asrning birinchi yarmida ijtimoiy fikr 4. O'rta Osiyo xalqlarining XIX asrda ijtimoiy-siyosiy fikri XVI asrga kelib Amir Temur yaratgan buyuk davlat zaiflashdi. Feodal tarkokligi, uluslarni ajralib chiqishga intilishlari bunga sabab bo'ldi. Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) davlatni birlashtirishga, tarqoqlikni bartaraf qilishga urindi XVI asr oxirida Shayboniylar sulolasining xukmronligi to'gatildi. 1599 yildan boshlab hokimiyat Ashtariyxoniylar sulolasi qo'liga o'tdi. Bu sulola xukmronligi davrida o'zaro nizolar yanada kuchaydi Markaziy xonlik hokimiyatini mustahkamlashga harakat qilgan Imomqulixon (1611-1642) tadbirlari birmuncha ijobiy natijalarni bergan bo'lsada vaziyatni tubdan o'zgartira olmadi. Uning vafotidan keyin taxt uchun bo'lgan kurash nixoyag chukqurlashdi va XVII asrning birinchi yarmida ashtariylar davlati tushkunlikka uchrab parchalana boshladi. XVII asrning birinchi yarmida davom etgan o'zaro feodal urushlar va uning natijasida mamlakatda yuz bergan iqtisodiy va siyosiy vaziyat Movarounnahrning uchta xonlikka bo'linib ketishi uchun zamin tayyorlab berdi Ashtariylar sulolasining eng so'nggi xukmdori Abulfayzxon (1711-1747) mang'it urug'idan chiqqan Muhammad Rahimboy tomonidan o'ldiriladi. U o'zini Buxoro xonligining amiri deb elon qiladi Davlat ma'muriy boshqarilishi jihatdan viloyat va tumanlarga bo'lingan bo'lib hokimiyat tepasida xon turardi. Davlatdagi eng martabali lavozim otalik edi. Otaliklar xonlar xuzuridagi eng muhim ishlarni nazorat qilardilar. Davlatdagi eng oliy qarorgohi devon deb atalardi. Uni devonbegi boshqarar edi. Shuningdek, davlat ishlarida ko'kaldosh lavozimi ham yuqori mansablardan hisoblanar edi. Bu lavozimdagi amaldor xon atrofidagi odamlar va dushmanlar haqida to'plangan ma'lumotlarni nazorat qilardi. Bulardan tashqari davlatning ma'muriy boshqaruvida mirshabboshi, dodhox, inoq, mirsoxur, dasturxonchi, kabi lavozim va mansablar ham bor edi. ma'muriyat tizimidagi amaldorlardan tashqari davlatni boshqarishda oliy tabaqali ulamolar ham ishtirok etishardi. Eng kuchli xonlar va amaldorlar ham ulamolar bilan maslahatli siyosat olib borardilar. O'rta asrchilik davrining iqtisodiy asosini qishloq-xo'jalik tashkil qilardi. Yerlarnng asosiy qismi umumdavlat yerlari bo'lib, unga xon egalik qilgan. Yerlardan foydalangan mahalliy feodallar va ruhoniylar yerni dehqonlarga foydalanishga topshirgan. dehqonlar ham davlatga, ham feodalga soliq to'laganlar. Soliq turlari va xajmi har xil bo'lgan. Feodallarning jabr-zulmlari, o'zaro urushlar, ochlik va qashshoklik xalq ommasi norozilik harakatining kuchayishiga olib keldi. O'rta Osiyoning viloyatlarida xalq harakatlari va qo'zg'olonlari bo'lib turdi. Shuni xam alohida takidlash zarurki, XVI-XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti to'xtab qolgani yo'q. Taraqqiyotni tarixiy odimini to'xtatib bulmaydi Buxoro, Samarqand, Toshkent, Urgench, Qo'qon va boshqa shaharlarda savdo va hunarmandchilik faoliyati davom etdi, adabiyot va tarixiy fanlar, memorchilik va tasviriy san'at rivojlandi. Sheriyat ravnaq topdi. O'sha davrda Xasan Nisoriy, Mutribiy, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.85 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.85 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga