O'rtacha miqdor va ularni huquqiy statistikada qo'llanilishi

O'rtacha miqdor va ularni huquqiy statistikada qo'llanilishi

O'quvchilarga / Huquq
O'rtacha miqdor va ularni huquqiy statistikada qo'llanilishi - rasmi

Material tavsifi

O'rtacha miqdor va ularni huquqiy statistikada qo'llanilishi Reja: O'rtacha miqdorlarning tushunchasi; O'rtacha miqdorlar turlari; O'rtacha arifmetik miqdor; O'rtacha garmonik miqdor; O'rtacha kvadrat miqdor; O'rtacha geometrik miqdor; O'rtacha miqdorlarning tushunchasi. Mutlaq (absolyut) va nisbiy ma'lumotlardan keyingi umumlashma miqdorlar - bu o'rtacha miqdorlar va u bilan bog'liq turlanish (variatsiya) miqdorlaridir. Ular iqtisodiy analizda muhim ahamiyatga ega va yuridik statistikada muhim rol o'ynaydi. Faqat o'rtacha miqdorlar yordamida miqdoriy turlanuvchi belgilar bo'yicha majmuini tasniflash mumkin bo'lib, shu bo'yicha ularni qiyoslash mumkin. O'rtacha miqdor deyilganda - bir turdagi (xildagi) hodisaning o'zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib ta'riflovchi miqdor, ko'rsatgich tushuniladi. O'rtacha miqdorning xususiyati shundaki, u to'plamning umumiy darajasining to'plam birliklariga bo'lgan nisbatini ifodalashi mumkin. Tasavvur qilaylik, jinoyatchilik darajasi va tarkibi bo'yicha o'xshash ikkita tumanda tayinlangan jinoiy ja'zolar sud amaliyotini qiyoslash zarur. Bu vazifani muayyan sudlanuvchilarga nisbatan tayinlangan jazo choralarini taqqoslash asosida yechib bo'lmaydi, zero bundan qandaydir qaror chiqarish mumkin, agar tasnifi bo'yicha bir xil qilmishlar uchun mazmunan farq qiluvchi jazo choralari tayinlangan bo'lsa. Ammo biz barcha jazo muddatlarini hisoblab (ularni x1,x2,x3 va h.k. shartli belgilar bilan belgilaymiz) va sudlanuvchilarning umumiy miqdoriga (n) bo'lamiz hamda olingan o'rtacha ko'rsatkichga ko'ra ikkala suddagi jazo tayinlash amaliyoti qanday holatda ekanligini aytish mumkin va o'rtacha ko'rsatkichlar asosida uni qiyoslash mumkin. Shunday qilib, o'rtacha miqdorlar yordamida bizni qiziqtiradigan u yoki bu miqdoriy alomatlar bo'yicha yuridik ahamiyatli hodisalarning majmuini qiyoslash mumkin va bu qiyoslash orqali nafaqat jazo muddatlari to'g'risida, balki huquqbuzarlarning yoshi (mahkumlar, maxbuslar), balki tergov va jinoiy hamda fuqarolik ishlarini ko'rish muddatlari to'g'risida, davo bahosi va hoka'zolar to'g'risida zarur xulosalar qilish mumkin. O'rtacha miqdorlar statistikada bir xil hodisalar yig'indisining qandaydir bir miqdoriy o'zgaruvchi belgilar bo'yicha o'zida umumiy xususiyat kasb etadi. O'rtacha miqdorlar turlari. O'rtacha statistik miqdorlar bir qancha ko'rinishlarga ega, ammo ularning barchasi darajaviy O'rtacha miqdorlar sinfiga kiradi, ya'ni variantlarning turli xil darajasidan tuzilgan: o'rtacha arifmetik, o'rtacha garmonik, o'rtacha kvadrat, o'rtacha geometrik va boshqalardan. Yuridik statistikada O'rtacha miqdorlar keng qo'llaniladi. U tezkor xodimlar, tergovchilar, prokurorlar, sudyalar, advokatlar, yuridik muassasalarning boshqa xodimlarining ishlarini baholashda; jinoyatchilik, jinoiy hamda fuqarolik ishlarining va boshqa o'lchov birliklarining aniq o'sishini (kamayishini) hisoblashda; tanlangan kuzatuvni asoslashda va boshqalarda ishlatiladi. O'rtacha arifmetik miqdorlar. O'rtacha miqdorlarning eng keng tarqalgan turi. Oddiy arifmetik o'rtacha o'rtachalashtirilayotgan belgi miqdorlari bir yoki teng marta takrorlangan paytda qo'llaniladi. Tasodif emaski, uning ko'rinishini ko'rsatmasdan gap O'rtacha miqdorlar to'g'risida ketar ekan, aynan o'rtacha arifmetik nazarda tutiladi. U quyidagi holatlarda qo'llaniladi, o'zgaruvchan alomatning hajmi barcha yig'indilar uchun alohida birliklar yig'indisidagi alomatlar ahamiyati jamisi sifatida namoyon bo'lganda. Uni hisoblash ancha oson ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.15 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.15 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga