O't qo'yish va yong'in xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlarini tergov qilish Reja: 1. O't qo'yish va yong'in xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlarining kriminalistik tavsifi 2. Dastlabki tergov harakatlarini tashkil etish va o'tkazish 3. Tergov o'tkazish rejalashtirish va keyingi tergov harakatlari O't qo'yish va yong'indan saqlash qoidasini buzish xavfli jinoyatlar turiga kiradi. Bunday jinoyatlar inson hayotiga, ayniqsa salomatligiga va ularning davlat va shaxsiy mulkiga jiddiy ziyon beradi. Odatda yong'in to'g'risida jinoyat ishi qo'zg'atishga yong'in to'g'risida xabarning o'zi, shuningdek qasddan o't qo'yib yuborish yoki yong'inga qarshi xavfsizlik qoidalarini jinoyatkorona buzish, shu jumladan olovga nisbatan ehtiyotsizlik sabab bo'ladi. Bevosita yong'in chiqishiga sabablar xilma-xil bo'lib, ularni asosan to'rt guruhga bo'lish mumkin: ochiq joydagi o'tning ta'siri (alanga, qizigan jism, uchqun, chaqmoq); o'z-o'zidan o't olish, ya'ni tashqi issiqlik ta'sirida buyumning yonib ketishi; qizib o'z-o'zidan yonish, ya'ni kimyoviy reaksiya ta'sirida yong'in chiqishi va fizik hodisalar; atrofdagi predmetlarning o'z-o'zidan yonishi va yong'in sodir etilishiga olib keladigan portlash. Binoda yonuvchan materialning mavjudligi, binoning haddan tashqari ivirsib yotganligi, o't o'chirishga mo'ljallangan dastlabki vositalar, yong'inga qarshi signalizatsiya bo'lmasligi yoki ularning yaroqsizligi, yong'inga qarshi xavfsizlik tartib qoidalariga rioya qilinmasligi, yong'in chiqishi, portlash yuz berishi, deformatsiyaga uchrashi va qulashi, o't o'chirish idoralariga o'z vaqtida xabar bermaslik, obyekt xodimlarining yong'inni o'chirishga tayyor emasligi va boshqalar o'tning avj olib tez tarqalishiga olib keluvchi asosiy omillar hisoblanadi. Mazkur jinoyatlarni sodir etish usullari ham xilma-xil, ammo ba'zi bir umumiy alomatlari mavjud. Ko'pincha qasddan o't qo'yishlar ma'lum tayyorgarlik bosqichlari bilan xarakterlidir. Bunda jinoyatchi tajovuz qilish yo'llari to'g'risida axborot to'playdi, o'z niyatlarini oldindan rejalashtirib oladi, o't qo'yish uchun zarur bo'lgan texnik vositalar va qurollar tanlaydi, ularni yashirish choralarini ko'radi. O't qo'yish usullarini bir necha guruhlarga bo'lish mumkin: tez alanga oladigan va tez yonadigan materiallar yordamida o't qo'yish; maxsus tayyorlangan yonuvchi materiallar yordamida o't qo'yish; tashqi olov manbaidan tez o't olishga yoki belgilangan vaqtda alangalanishga mo'ljallangan maxsus tayyorlangan texnik moslama yoki maxsus yaratilgan sharoitdan foydalanib o't qo'yish; o'z-o'zidan yonib ketadigan biror buyum yoki material uchun qulay sharoit yaratish yo'li bilan o't qo'yish. Yong'inga qarshi xavfsizlik qoidalarini buzish bilan bog'liq jinoyatning mazkur turlari uchun tayyorgarlik ko'rish bosqichi mavjud emasligi xarakterlidir, ayni vaqtda u keyingi faoliyatini niqoblashga xizmat qiladi. Sodir etish usullariga ko'ra, mazkur huquqbuzarlik bir necha guruhlarga bo'linadi: yoritgich, isitgich, gaz va kimyoviy qurilmalardan foydalanishda va saqlashda yong'inga qarshi qoidalarga rioya qilmaslik; turli yong'in, alanga oladigan va portlash xavfi bo'lgan materiallarni saqlash, tashish, foydalanish va tayyorlashga oid texnik qoidalarga rioya qilmaslik; elektr o'tkazgichlarni montaj qilish va yoritgich asboblarini saqlashda yong'inga qarshi tartib qoidalarga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
65.5 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
65.5 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:41 ]
Arxiv ichida: doc