Ota-ona hamda bolalarning aliment majburiyatlari Reja: 1. Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga aliment to'lash tartibi; 2. Bolaning ota-onaga beradigan ta'minot miqdori va tartibi; 3.Aliment undirishning qonuniy asoslari. Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga aliment to'lash tartibi oilaviy munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berishi shart. Voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga asosan aliment undiriladi. Voyaga yetmagan bolalarga aliment to'lash haqida ota-ona o'rtasida kelishuv bo'lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to'lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to'g'risida sudga davo ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan bolaning ta'minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to'g'risida davo qo'zg'atishga haqlidir. Qonunga binoan voyaga yetmagan bolalarga aliment to'lash tartibi va shakli ota-ona tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi mumkin. Jumladan, ota-onalar o'zaro kelishib, faqat yerning yoki xotinning maoshini voyaga yetmagan farzandlari (bolalari) ta'minotiga sarflashni belgilashlari mumkin. Ota-onalar bola tarbiyasi va ta'minoti uchun zarur bo'ladigan xarajatlar hajmini ham, bunday ta'minot qancha miqdorda va qachon berilish maqsadga muvofiqligini ham mustaqil belgilaydilar. Agar voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish haqida ota-ona o'rtasida kelishuv bo'lmasa, ularning ta'minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onalarning har oydagi ish haqi va boshqa daromadining bir bola uchun - to'rtdan bir qismi; ikki bola uchun - uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun - yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to'lovlarning miqdori taraflarning moddiy va oilaviy ahvolini va boshqa etiborga loyiq holatlarini hisobga olgan holda kamaytirilishi yoki ko'paytirilishi mumkin. Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining uchdan bir qismidan kam bo'lmasligi kerak. Malum asos va sharoitlar mavjud bo'lgan hollarda ota-onadan aliment olish huquqi voyaga etgan, yani 18 yoshga to'lgan shaxslarda ham vujudga keladi. Qonunga muvofiq, voyaga etgan bolaning mehnatga layoqatsiz va yordamga muhtojligi shunday shartlar hisoblanadi. Mehnatga layoqatsiz tushunchasi mehnat qonunchiligi va O'zbekiston Respublikasining pensiya haqida gi 1993 yil qonuni bilan aniqlangan. Ota-onadan voyaga etgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga undiriladigan alimentning miqdori sud tomonidan aliment to'lashi shart bo'lgan ota-onaning oilaviy va moddiy ahvoli hisobga olinib, har oyda pul bilan to'lanadigan qatiy summada belgilanadi. Ota-onadan bolalarga unidiriladigan aliment miqdori aliment to'lashga masul shaxsning oylik ish haqi va boshqa daromadlariga nisbatan ulushlar hisobida (to'rtdan bir, uchdan bir, ikkidan bir) yoki pul bilan ifodalanadigan va to'lanadigan qatiy summada belgilanadi. Ota-ona favqulodda holatlar (bolaning og'ir shikastlanishi, kasal bo'lishi va boshqalar) tufayli kelib chiqqan, bolaning ta'minoti uchun zarur bo'lgan qo'shimcha xarajatlarda ishtirok etishi shart. Qo'shimcha xarajatlarda ishtirok ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.71 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.71 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:52 ]
Arxiv ichida: doc