Ota - ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish

Ota - ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish

O'quvchilarga / Huquq
Ota - ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish - rasmi

Material tavsifi

Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish Reja: Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan voyaga yetmagan bolalarning mulkiy huquqlari Voyaga yetmaganlarning shaxsiy nomulkiy huquqlari Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash va hisobga olish Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish. Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan voyaga yetmagan bolalarning mulkiy huquqlari. Voyaga yetmaganlarning shaxsiy nomulkiy huquqlari. Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash va hisobga olish. Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish. Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 64-moddasining ikkinchi qismida davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo'lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o'qitishni ta'minlaydi, bolalarga bag'ishlangan xayriya faoliyatlarni rag'batlantiradi, deb belgilangan. O'z kelajagi haqida qayg'uradigan har qanday davlat va jamiyat, albatta, farzandlar ta'lim-tarbiyasi, ularni har tomonlama komil inson bo'lib voyaga yetishi va tarbiyalanishlariga alohida e'tibor qaratadi. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hech bir insonni befarq qoldirmaydi. Aytish joizki, voyaga yetmagan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mavjud huquqiy tizim har tomonlama mukammalligini namoyon qiladi, shu bilan birga, milliy urf-odat va an'analarimizga mos ravishda voyaga yetmaganlarga ta'lim-tarbiya berishga imkon beradi. Zero yurtboshimiz ta'kidlaganidek, bizning vazifamiz, kerak bo'lsa, oliy burchimiz - farzandlarimizning ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan uyg'un rivojlangan, zamonaviy bilim va tajribalarni puxta egallagan, Vatanimiz va xalqimiz kelajagi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan barkamol insonlar bo'lib voyaga yetishi uchun qo'limizdan kelgan barcha-barcha ishlarni amalga oshirishdan iboratdir. Oila huquqi huquq sohasi sifatida alohida ijtimoiy munosabatlarni, ya'ni nikoh, qon-qarindoshlik, oila a'zolari o'rtasidagi, shuningdek, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni oilaga joylashtirishga doir munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur huquqiy munosabatlarda, ayrim hollarda, voyaga yetmagan shaxslar ham ishtirok etadiki, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat va jamiyatning muhim vazifasi sanaladi. Chunki ularning o'zlari mustaqil ravishda o'z huquqlarini amalga oshirishi hamda uni himoya qilish jarayoni voyaga yetmaganliklari bois qiyin kechishi tabiiy. Shu sababli ham oila qonunchiligi voyaga yetmagan shaxslarni ular ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan hollarda huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir alohida qoidalarni belgilaydi. Oila kodeksining 148-moddasida, ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal bo'lganda, uzoq muddat bo'lmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga o'xshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, ota-ona qaramog'idan mahrum ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 98.5 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 98.5 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga