Ota - ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllari

Ota - ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllari

O'quvchilarga / Huquq
Ota - ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllari - rasmi

Material tavsifi

Ota-ona karamogidan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllari Reja: Ota-ona karamogidan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish Farzandlikka olish Vasiylik va xomiylik Bolani oilaga tarbiyaga olish Tayanch tushunchalar: Vasiylik va xomiylik organlari, Ota-ona karamogidan mahrum bo'lgan bolalar, ularni aniqlash, hisobga olish, joylashtirish, farzandlikka olish, tarbiyaga olish, vasiylik va xomiylik. Ota-ona karamog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllari Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqt cheklanganda, ular muomilaga layokatsiz deb topilganda, kasal bo'lganda, uzoq muddat bo'lmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga o'xshash boshqa masalalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, ota-ona karamogidan mahrum bo'lgan boshqa xollarda bolalarning huquq va manfaatini himoya qilish vasiylik va xomiylik organlari zimmasiga yuklatiladi. 1. Yetim bolalarga va boshqa sabablarga ko'ra ota-ona karamogidan mahrum bo'lgan bolalarga gamxurlik qilish xalqimizning kadimiy udumlaridandir. mustaqillik sharofati bilan bu masala davlat siyosatinig ustivor yo'nalishlaridan biri bo'lib koldi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasiga muvofik davlat va jamiyat etim bolalarni va ota-onalarning vasiyligidan mahrum bo'lgan bolalarni bokish, tarbiyalash, o'qitishni ta'minlaydi, bolalarga bagishlangan xayriya faoliyatlarini ragbatlantiradi. Ota-ona karamogidan mahrum bo'lgan bolalarning huquqi alohida himoya qilinishi va ularga davlat tomonidan yordam berilishi lozimligi haqida «Bola huquqlari to'g'risida» gi Konventsining 20-moddasi 1-bandida maxsus kursatib utilgan. 2. Bolalar turli xil sabablarga ko'ra ota-ona karamogidan mahrum bo'lish mumkin. Bolalar ota-onaga bog'liq bo'lmagan sabablar tufayli, ularning erkiga bog'liq sabablarga ko'ra ota-ona karamogidan mahrum bo'lish mumkin. I. obyektiv sabablarga: Ota-onaning vafot etishi, bola tarbiyasi Bilan shugullanish va uning huquqlarini himoya qilish imkonidan mahrum kilinadigan ogir kasal Bilan kasallanish, ota-onaning muomilaga layokatsiz deb topish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida bo'lishni ko'rsatish mumkin. II. Bolalarning ota-ona karamogidan mahrum bo'lish subyektiv sabablarga ko'ra, yani ota-onalarning bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan bog'liq majburiyatlarini bajarishdan sababsiz bosh tortishlari tufayli yoki hayotda uchraydigan boshqa turli sabablarga ko'ra (ota yoki onaning Yangi oila ko'rishi va boshqalar) yuz berishi mumkin. II. Ota-ona karamogidan mahrum bo'lish yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlar jumlasiga kiradi. OK ning 148-moddasida nazarda tutilgan holatlar yuz berganda vasiylik va xomiylik organlarida bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish majburiyatlari vujudga keladi. Ota-ona karamogidan mahrum bo'lgan bolalarning huquq va majburiyatlarini himoya qilish vasiylik va xomiylik organlarining xam huquq va majburiyatidir. Bu huquq va majburiyatlarni himoya qilish vasiylik va xomiylik organlariga berilgan. Shuning uchun bolaning ota-ona karamogidan mahrum bo'lganlik fakti kachon ruy berganligi va bu faktning mavjudligini nimalar tasdiklashini bilish muhim ahamiyatga egadir. Ota-onaning vafoti ulim to'g'risidagi guvoxnoma bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.3 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.3 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga