Ota - ona va voyaga yetmagan bolalarning huquq hamda majburiyatlari

Ota - ona va voyaga yetmagan bolalarning huquq hamda majburiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Ota - ona va voyaga yetmagan bolalarning huquq hamda majburiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Ota-ona va voyaga yetmagan bolalarning huquq hamda majburiyatlari Reja: Bolaning nasl-nasabini belgilash Voyaga yetmagan bolalarning huquqlari Ota-onalarning huquq va majburiyatlari. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish Ota-onalik huquqidan mahrum qilish Bolaning nasl-nasabini belgilash. Voyaga yetmagan bolalarning huquqlari. Ota-onalarning huquq va majburiyatlari. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish. Bolaning nasl-nasabini belgilash Oilaviy huquqiy munosabatlar, xususan, bolalar va ota-onalar o'rtasidagi mulkiy va nomulkiy shaxsiy huquqiy munosabatlar umumiy huquqiy ta'limotga muvofiq, yuridik faktlarning yuz berishi natijasida vujudga keladi. Bolalar va ota-onalar o'rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun bolaning muayyan shaxslardan dunyoga kelishi asos hisoblanadi. O'z navbatida, bolaning nasl-nasabini belgilash bola huquqlariga rioya etilishining va ota-ona tomonidan uning tarbiyasi borasidagi majburiyatlar bajarilishining qonun bilan kafolatlangan obyektiv omillarini yaratadi. xalqaro huquqiy hujjatlarda, xususan, Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyaning 7-moddasida: Bola tug'ilgan zahoti ro'yxatga olinadi va tug'ilgan daqiqasidan boshlab ism bilan atalish va fuqarolikka ega bo'lish, shuningdek, iloji boricha, o'z ota-onasini bilish va ularning g'amxo'rliklaridan bahramand bo'lish huquqini olishga haqli hisoblanadi, -deb belgilangan. Oila kodeksining 60-moddasida bolaning shu onadan tug'ilganligi (onalik) Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan tibbiy muassasaning hujjatlariga ko'ra, bola tibbiy muassasada tug'ilmagan holda esa, boshqa dalillarga asosan belgilanadi. Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yerining o'limi, nikohdan ajratilganligi yoki nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan so'ng uch yuz kun ichida tug'ilgan bolasi nikohda tug'ilgan bola hisoblanadi. Bolaning tug'ilishi tibbiy muassasada sodir bo'lmagan va u tug'ilayotganda tibbiy yordam ko'rsatilmagan bo'lsa, tug'ilish guvohlarning ko'rsatmalariga asoslangan holda qayd etilishiga yo'l qo'yiladi. Bolaning muayyan ota-onadan tug'ilganligini tasdiqlashda asoslaniladigan dalillar qatoriga irsiy (genetik) daktiloskopiya yo'li bilan olinadigan natijalarni ham kiritish mumkin. Bola bilan uning onasi o'rtasida huquqiy munosabat onaning qonuniy nikohda bo'lgan yoki bo'lmasligidan qat'i nazar tug'ilish faktiga asoslanadi. Agar bola qayd etilgan nikohda tug'ilgan bo'lsa, onasi bilan nikohda bo'lgan shaxs uning otasi degan ehtimolga asoslaniladi. Bu shaxsning otaligi ehtimollikka asoslanib, ushbu faktni isbotlash shart emas. FHDYO organi tomonidan berilgan bolaning tug'ilganligi to'g'risidagi guvohnoma bolaning unda ko'rsatilgan ota-onadan paydo bo'lganligini isbotlovchi hujjat hisoblanadi. Bolaning otasi otalikni o'z xohishi bilan tan olishi mumkin, agar u buni inkor etsa, u holda otalik sud tartibida belgilanadi. Otalikni tan olish fakti alohida sud tartibida belgilanadi. Manfaatdor shaxs otalikni tan olish maqsadida ariza bilan sudga murojaat etishi mumkin. Manfaatdor shaxslar bolaning onasi, uning vasiysi (homiysi), voyaga yetgandan so'ng bolaning o'zi hamda prokuror hisoblanadi. Ariza boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan ham berilishi mumkin. Otalikni tan olish faktini belgilash to'g'risidagi ishda muayyan faktni belgilash qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi arizada ko'rsatilishi lozim. Qoida bo'yicha, otalikni tan olish fakti boquvchisini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.63 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.63 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga