O'zbekiston davlati va huquqi tarixi tarixiy-huquqiy fan Reja: O'zbekiston davlati va huquqi tarixi fanining predmeti, vazifasi va ahamiyati O'zbekiston davlati va huquqi tarixi fanining ijtimoiy-huquqiy fanlar tizimida tutgan o'rni O'zbekiston davlati va huquqi tarixi fanining o'rganish uslublari O'zbekiston davlati va huquqi tarixi fanining davriyligi muammolari va manbalari Har bir millatni, har bir davlatni o'z tarixi bor, Jumladan O'zbekiston ham o'zining ko'hna va boy tarixiga ega bo'lgan mustaqil davlatdir. Yurtboshimiz ta'kidlab o'tganidek, O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi tarix saboqlari insonni xushyorlikka o'rgatadi, irodasini mustahkamlaydi. Inson uchun tarixdan judo bo'lish, hayotdan judo bo'lish demakdir. Shunday ekan O'zbekiston davlati va huquqi tarixini bilish avvalo hozirgi mustaqil davlatchiligimiz va huquqimiz rivojlani-shi uchun asosiy vosita, kuch hisoblanadi. Mustaqil O'zbekiston davlati va huquqini paydo bo'lishi va rivojlanishida O'zbekiston davlati huquqi tarixini, ularning qanday kelib chiqqanligi, o'z rivojlanishida qanday bosqichlarni bosib o'tganligi, ularning paydo bo'lishiga, tashkil topishiga va rivojlanishiga qanday sabablar ta'sir ko'rsatganligini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu fanning asosiy vazifasi O'zbekiston hududidagi qadimgi davlatlardan to hozirgi kungacha mavjud bo'lgan davlat va ularning huquqlari rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini alohida davlatlarning o'ziga xos xususiyatlarini olishdan iborat. Tarixshunos olim A.Ibroximovning fikricha O'zbek xalqi jahon xalqlari orasida birinchilardan bo'lib, turkiy xalqlar o'rtasida birinchi bo'lib, o'troqlashgan, madaniy turmush kechiruvchi jahon sivilizatsiyasiga hissa qo'shgan millat Haqiqatdan ham turkiy xalqlar, ularning o'zagini tashkil qilgan o'zbek xalqi o'zining boy madaniy-ma'naviy merosiga ega. Bu xalq orasidan yetishib chiqqan alloma, mutafakkirlarning boy ilmiy merosida milliy davlatchiligimiz tarixiy asoslari, g'oyalari yozilgan. Ushbu fan Vatanimiz hududida tashkil topgan barcha davlatlarning davlati va huquqi tarixi, shuningdek alohida o'ziga xos bo'lgan davlatlarning davlati va huquqini o'rgatadi. Mazkur fan umumiy tarix fanidan farqli o'laroq, jamiyatni to'la butunligicha o'rganmaydi, balki davlat va yuridik muassasalarning murakkab tizimining tarixiy rivojlanish jarayonini hamda huquqi, ularning alohida sohalari va institutlarining kelib chiqishi, taraqqiy etish jarayonini o'rganadi. O'zbekiston davlat va huquqi tarixi fani O'zbekiston hududida mavjud bo'lgan davlat va huquq masalalarini, ularning ma'lum rivojlanish bosqichidagi ko'rinishlari, shakllari va rivojlanishini o'rganar ekan, ko'plab dalillarga, davlatlar, tabaqalar va boshqa vositalarga tayanadi, ilmiy-tarixiy, nazariy jihatdan asoslanadi. Shu bilan birga davlat va huquqning tarixiy rivojlanish qonuniyatlarini aniqlashni asosiy vazifa qilib qo'yadi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, O'zbekiston davlati va huquqi tarixi fani barcha tarixiy jarayonlarni o'zida mujassam etgan fan bo'lib, jamiyat tarixi bilan uzviy bog'liq. Jamiyatdan tashqari davlat va huquq bo'lmaganidek, davlat va huquqning undan alohida, ajratilgan, holda tarixning bo'lishi mumkin emas, chunki davlat va huquq jamiyatning o'z mahsuli o'z kashf etgan siyosiy tashkiloti hamda unga xizmat qiluvchi qoidalar to'plamidir. O'zbekiston davlati va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.24 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.24 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:41 ]
Arxiv ichida: doc