O'zbekiston davlati va huquqi tarixi

O'zbekiston davlati va huquqi tarixi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston davlati va huquqi tarixi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston davlati va huquqi tarixi - tarixiy-huquqiy fan Reja: 1. O'zbekiston davlati va huquqi tarixi fanining maqsadi va vazifalari hamda uni o'rganishning ahamiyati 2. O'zbekiston davlati va huquqi tarixi fanining predmeti va fanning ijtimoiy va yuridik fanlar bilan aloqasi 3. O'zbekiston davlati va huquqi tarixi fanining o'rganish usullari 4. O'zbekiston davlati va huquqi tarixini davrlarga bo'lib o'rganish manbalari 1. O'zbekiston davlati va huquqi tarixi fanining maqsadi va vazifalari hamda uni o'rganishning ahamiyati ta'lim tizimida, shu jumladan, oliy o'quv yurtlarida u yoki bu fanni o'rganishda malum bir maqsadga erishish bilan bog'liq vazifalarni bajarish nazarda tutiladi. Shu nuqtai nazardan, «O'zbekiston davlati va huquqi tarixi» fanini huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarida o'qitishdan maqsad - talabalarda yuqori, zamon talabi darajasidagi siyosiy-huquqiy ongni shakllantirishdir. Shuni alohida qayd etish lozimki, O'zbekiston davlati va huquqi tarixi - bu o'tmishda mamlakatimiz hududida mavjud bo'lgan davlatlar va huquq tizimlari haqidagi ma'lumotlarning oddiy yig'indisi emas, balki ularning paydo bo'lish va rivojlanish qonuniyatlari, mazmun-mohiyati, taraqqiyotning turli bosqichlariga ular uchun xos bo'lgan xususiyatlar, ijobiy tomonlari va kamchiliklari, tarixiy tajriba saboqlarini o'zida aks ettiruvchi ilmiy asoslangan bilimlar majmuasidir. Shu nuqtai nazardan, taraqqiyotning turli bosqichlarida mamlakatimiz hududida bo'lgan davlatlarning markaziy va mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv, sud va boshqa organlari, ularning o'zaro munosabatlari, tashkiliy tamoyillari, vazifalari, faoliyatining asosiy yo'nalishlari, vakolatlari, huquq tizimi, manbalari, sohalari va institutlari, siyosiy-huquqiy madaniyat va tajriba haqida xolisona va chuqur bilim berish mazkur fanning asosiy vazifasidir. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida oldimizda turgan eng muhim vazifa - O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlash, tabiiy, milliy xavfsizligini ichki va tashqi tahdidlardan muhofaza qilishning siyosiy, tashkiliy, iqtisodiy, harbiy va huquqiy mexanizmini yaratish, O'zbekiston jahon hamjamiyatining to'laqonli azosi bo'lishi va hamjamiyatda o'ziga xos va mos o'rinni egallashiga erishish, yurtimizda insonparvar demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish, o'sib kelayotgan yosh avlodni milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasi, Vatanga muhabbat, o'z davlatiga sadoqat va tabiiy qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashdir. Ushbu murakkab vazifani xalqimizning davlatchilik va huquq tarixiga murojaat etmasdan hal qilish amrimahol. Tarixga murojaat qilish oldimizda turgan murakkab muammolarning mazmuni va mohiyatini tushunib etish, ularni hal qilish, yechimlarini qidirib topishimizda, davlatchilik va huquq qurilishi sohasidagi o'z mustaqil yo'limizdan adashmasligimizda muhim tayanch manba sifatida xizmat qiladi. Shuni alohida takidlash joizki, Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan, o'zbek xalqi davlat va huquq sohasida uzoq o'tmishga borib taqaladigan, misli ko'rilmagan, boy va serqirra tarixiy tajribaga ega. Ming afsuski, biz yaqin vaqtlargacha turli xil obyektiv va subyektiv sabablarga ko'ra, ushbu betakror tajribani va ulkan boylikni atroflicha, chuqur o'rganib, o'zlashtirib ololmadik, uni jahon xalqlari, ilmiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.43 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.43 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga