O'zbekiston Konstitutsiyasi fanining maqsad va vazifalari

O'zbekiston Konstitutsiyasi fanining maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Konstitutsiyasi fanining maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Konstitutsiyasi fanining maqsad va vazifalari Reja: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish zarurligi. Konstitutsiya va qonunlarni bilish muhimligi. Konstitutsiya va qonunlarni bilish muhimligi. O'quv kursining boshqa o'quv fanlari bilan aloqasi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish zarurligi. O'zbek xalqi xotirasida XX asrning so'ngi o'n yilligidagi shonli tarixiy voqealar abadiy muhrlanib qoladi. Aynan shu o'n yillikning boshlarida istiqlol sari qadam qo'yildi. Ajdodlarimizning azaliy orzusi mustaqillik-o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi qo'lga kiritildi. Bu yillarda insonparvar, demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini bunyod etish uchun zarur zamin yaratildi. Yangi ming yillik boshi XXI asr-o'zbek xalqi uchun O'zbekistonni buyuk davlatga aylantirish va inson huquqlari ustuvor bo'lgan farovon hayot qurish asri bo'ladi. Bu borada jamiyat hayotining barcha sohalarida tub yangilanish va bunyodkorlik ishlari keng ko'lamda izchil amalga oshirilmoqda. Kelajagi buyuk O'zbekistonni yaratishga hissa qo'shish shu Vatan farzandlarining zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Yuksak mas'uliyatni anglab, jamiyatda o'rnatilgan tartib va intizomga amal qilib yashash huquqiy davlatga xos xususiyat hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, huquqiy davlat o'z-o'zidan bunyod bo'lmaydi. Buning uchun hayotda Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi ta'minlanishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyat bo'lishi, mas'uliyat va majburiyatni his qilib yashash tarzi qaror topishi zarur. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-oliy yuridik kuchga ega huquqiy hujjatdir. Uning qabul qilinishi huquqiy tiklanish va taraqqiyot sari qadam bo'ldi. Mustaqillik Konstitutsiyasi davlatimiz mustaqilligining ulkan ramzi bo'lib, unda o'z istiqlol va taraqqiyot yo'limiz aks etadi. Uni kelgusi avlod erkinlik, mustaqillik, ozodlik va hurlik tantanasi sifatida tarixda e'zoz-hurmat bilan tilga oladi. O'zbek xalqi ana shunday ulug'vor Konstitutsiyaga munosib buyuk xalqdir. O'zbekiston Konstitutsiyasi xalq hohish-irodasini ifoda etuvchi adolatli davlat, farovon jamiyat va erkin hayot qurish va uni rivojlantirishning istiqbollarini belgilaydi. Unda inson hayoti, uning sha'ni, qadrqimmati, haq-huquqlari va manfaatlari oliy qadriyat sifatida mustahkamlab qo'yilgan. Asosiy Qonunimizda belgilangan normalarning hayotda amaliy ifoda topishida o'sib kelayotgan yosh avlodning Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati to'g'risida huquqiy bilimga egaligi, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatning yuksakligi muhim rol o'ynaydi. Shuni hisobga olib davlatimiz ta'limning barcha tizimlarida huquqiy ta'lim va tarbiyani yanada yaxshilashga ustuvor vazifa sifatida alohida e'tibor berib kelmoqda. Huquqiy ta'limni rivojlantirish sohasida diqqatga sazovor amaliy ishlar qilinmoqda. Biz qonun ustuvor bo'lgan jamiyat barpo qilmoqchimiz. Qonun ustuvorligi-bu qonunga rioya etish hamma uchun majburiy bo'lgan, uni buzishga aslo yo'l qo'yib bo'lmaydigan huquqiy hayotiy tartibdir. Shuning uchun shu hayotiy tartibga o'zimizni tayyorlab va yetarli huquqiy bilimlarga ega bo'lib borishimiz lozim. Shuni aytish kerakki, faqat huquqiy bilimli bo'lishning o'zi yetarli emas, shu bilan birga egallagan bilimlarni hayotda qo'llay olish madaniyatini ham o'zimizda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.63 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.63 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga