O'zbekiston Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi, uning maqsad va vazifalari

O'zbekiston Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi, uning maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi, uning maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi, uning maqsad va vazifalari Reja: 1. Konstitutsiyani o'rganish o'quv kursining tushunchasi, maqsad va vazifalari. 2.Konstitutsiyani o'rganish o'quv kursining huquq sohalarini o'rganuvchi boshqa fanlardan farqi va manbalari. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovningn «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish to'g'risida»gi 2001 yil 4 yanvardagi Farmoyishi va uning ahamiyati. O'zbekiston Respublikasi xalqi o'z oldiga vazifa qilib mustaqil huquqiy davlat va demokratik fuqarolik jamiyati barpo etayotgan bugungi kunda hayotimizni barcha jihatlarini tartibga solib turuvchi qonunlarni bilish xar kachongidan xam muhimdir. O'zbekistonning rivojlanish istiqbollari haqida so'z yuritar ekan mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov xar kim o'z huquqlarini bilishi ularni himoya qilishi uchun aholini huquqiy madaniyatini oshirish nechogli muhim ekanligini eslatib utadi. O'zbekiston Respublikasining huquq tizimida Konstitutsiya muhim urin tutadi. huquqiy davlat yaratish sari rivojlanib borayotgan davlatimizda huquq ustuvorligini ta'minlab borish muhim vazifalardan sanaladi. Konstitutsiyani ustuvorligi xar birimizdan ulkan huquqiy mas'uliyatni talab etadi. Yani bu mas'uliyat Konstitutsiya va qonunlarni bilishni ularga amal qilib yashashni takozo etadi. Bu Konstitutsiyani o'rganishni zaruriy belgisidir. O'zbekiston Konstitutsiyasining o'rganish zarurligini inoatga olib Respublika Prezidentining 2001 yil 4 yanvarda «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish to'g'risida»gi Farmoyishi kabul kilindi. Mazkur Farmoyishni maqsadi Konstitutsiyaning jamiyatdagi o'rni va ahamiyatini, mano-mazmunini va mohiyatini o'rganish, yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini tarbiyalash hamda yuksaltirishga qaratilgandir. Ushbu Farmoyish O'zbekiston Konstitutsiyasini fanlar tarkibida emas balki alohida o'quv fani sifatida birinchi marta ta'lim muassasalari o'quv rejalariga kiritishga asos bo'ladi. Ushbu Farmoyishga asosan barcha o'quv yurtlarida «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi» etib 2001 yil 1 sentyabrdan asosiy fan sifatida ukitilishi joriy kilindi. Bu fan xam boshqa fanlar kabi uzining predmeti, maqsadi va vazifalariga ega. Ularni xar tomonlama chuqur bilish Konstitutsiyani o'rganishga yordam beradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursining predmeti - bu Konstitutsiyaviy institutlar haqida tasavvurlar va bilimlar, Konstitutsiyaviy normalar va ular orqali tartibga solinadigan munosabatlar tizimidir. U O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasviy tizim asoslari, inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, ularning kafolatlari va burchlari, ma'muriy-hududdiy va davlat tuzilishi, saylov tizimi, hokimiyat va davlat organlari tizimini tashkil etish hamda faoliyatining asosiy prinsiplarini , fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish asoslarini mustahkamlaydi. Demak O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish kursi o'ziga xos predmetga egadir. Uning predmetini asosan ijtimoiy -siyosiy munosabatlar tashkil etadi.Yani O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun mohiyati, unda mustahkamlangan normalar va ularni amaliyotda kullanish jarayoni o'quv kursi predmetini tashkil etadi. Ushbu kursni o'rganishda bilish nazariyasini ushbu quyidagi uslub (metod)lar keng kullaniladi. Tarixiy uslub -Konstitutsiyaviy -huquqiy normalarning nima uchun va qanday vujudga kelganligi, rivojlanganligini tahlil qilib, ularning mohiyati va vazifalarini echib beradi. Kiyosiy uslub - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.71 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.71 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga