O'zbekiston Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi, uning maqsadi va vazifalari

O'zbekiston Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi, uning maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi, uning maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi, uning maqsadi va vazifalari Reja: 1.O'zbekiston Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursining joriy qilinishi, uning maqsad va vazifalari. 2.«O'zbekiston Konstitutsiyasini o'rganish» o'quv kursining predmeti. 3. O'quv kursini o'rganish usullari. 4. O'zbekiston Konstitutsiyaviy huquqining ijtimoiy tabiati. 5. Konstitutsiyaviy huquq va siyosiy tizim. Hayotimizning asosiy qonuni bo'lgan O'zbekiston Konstitutsiyasining jamiyatdagi o'rni va ahamiyatini, ma'no-mazmuni va mohiyatini o'rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalash hamda yuksaltirish, Konstitutsiyani bilish maqsadida 2001 yil 4 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi e'lon qilindi va bu farmoyish asosida mamlakatimiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida «O'zbekiston Konstitutsiyasini o'rganish» o'quv kursi joriy qilindi. «O'zbekiston Konstitutsiyasini o'rganish» o'quv kursi O'zbekiston Konstitutsiyaviy huquqining muhim tarkibiy qismi bo'lib, o'z maqsad va vazifalariga ega. «O'zbekiston Konstitutsiyasini o'rganish» o'quv kursining maqsadi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining davlat va jamiyatdagi o'rni va ahamiyatini, ma'no-mazmunini hamda mohiyatini o'rganish, fuqarolarning huquqiy ongi, huquqiy madaniyatini muntazam yuksaltirish, Asosiy Qonunni mukammal o'zlashtirish uchun keng targ'ib-tashviq qilishdan iboratdir. O'quv kursining vazifalari quyidagilardan iborat: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy to'zumining asosiy prinsiplarini, fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini, jamiyat va shaxs o'rtasidagi munosabatlarni , jamiyatning iqtisodiy asoslarini, O'zbekistonning ma'muriy - hududiy va davlat tuzilishini, saylov tizimini , O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatini, Oliy va mahalliy organlarining tuzilishini, O'zbekiston Respublikasi sud hokimiyatining amalga oshirilishini, prokuratura organlarining tashkil etilishi va vazifalarini, moliya va kredit tizimini, O'zbekiston Respublikasida mudofaa va xavfsizlikning ta'minlanishini, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartirish kiritish tartibini o'rganish. «O'zbekiston Konstitutsiyasini o'rganish» o'quv kursi «Konstitutsiyaviy huquq» fanining asosiy qismini tashkil etadi. Konstitutsiyaviy huquqni milliy huquq tizimining asosiy tarmogi sifatida o'rganishda quyidagilar nazarda tutiladi. Birinchidan, Konstitutsiyaiy huquq va boshqa huquq tarmoqlari kabi davlat tomonidan o'rnatiladi va qo'riqlanadi. Ikkinchidan, o'z mohiyati va mazmuniga ko'ra farq qiladi, ya'ni u davlatning eng asosiy huquqiy normalarini ifoda etib, boshqa huquq sohalaridan farqli o'laroq, ustunlik va umumhuquqiy tamoyillar o'rnatuvchi xarakterga ega. Konstitutsiyaviy huquq eng avvalo inson va fuqarolarrning asosiy huquq va erkinliklarini muhofaza etuvchi, kafolatlovchi va shu maqsadlarda uni himoyalovchi davlat hokimiyatining muayyan tizimini ta'sis etuvchi huquqiy normalar majmuasidir. Huquqning mazkur tarmog'i ijtimoiy hayotning muhim va murakkab sohasini tartibga solganligi sababli u huquq tizimida yetakchi o'rin tutadi. Aslida, butun milliy huquq tizimi, barcha huquq tarmoqlarining shakllanishi Konstitutsiyaviy huquqdan boshlanadi. U yoki bu mamlakatning milliy huquqidagi birorta tarmoq Konstitutsiyaviy tamoyillar yoki Konstitutsiyaviy qonunchilik normalariga tayanmasa yoki aksincha, unga zid kelsa, aslo rivojlana olmaydi. Konstitutsiya o'z normalarida inson va davlat o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solar ekan, u davlatning mohiyatini, shaklini ham belgilab beradi. Biz u yoki bu davlatning Konstitutsiyasiga qarab hokimiyatning maqsadi va mohiyatini aniqlashimiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.53 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.53 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga