O'zbekiston korxonalarida mehnatiy shartnoma, uning subyektlari, tuzilishi, mazmuni va bekor qilinishi

O'zbekiston korxonalarida mehnatiy shartnoma, uning subyektlari, tuzilishi, mazmuni va bekor qilinishi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston korxonalarida mehnatiy shartnoma, uning subyektlari, tuzilishi, mazmuni va bekor qilinishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston korxonalarida mehnatiy shartnoma, uning subyektlari, tuzilishi, mazmuni va bekor qilinishi Davlat va uning tuzilmalalari quyidagi masalalarning ham hal etilishini ta'minlaydi. Birinchidan, jamiyat mehnat qilish huquqini kafolatlaydi, bunga ish joyiga yoki zarur resurslarga ega bo'lish va mehnatga yarasha haq to'lash kafolati ham kiritiladi. O'zbekiston Respublikasida xodimlar uchun mehnat huquqlari va kafolatlarining eng past darajasi qonunlar bilan belgilab qo'yiladi. Qonunlardagiga nisbatan qo'shimcha mehnat huquq va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan, shartnoma yo'sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek, xodim va ish beruvchi o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin. Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomlarning shartlari, agar qonunda boshqa holat ko'rsatilmagan bo'lsa, bir taraflama o'zgartirilishi mumkin emas. Mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinmagan masalalar mehnat to'g'risidagi shartnoma taraflarning kelishuvi asosida, o'zaro kelishilmagan taqdirda esa, - mehnat nizolarini ko'rib chiqish uchun belgilangan tartibda hal qilinadi. O'zbekistonda barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo'lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqyei, dinga bo'lgan munosabati, e'tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek, xodimlarning ishchanlik qobiliyatlari va ular mehnatining natijalariga aloqador bo'lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo'l qo'yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi. Mehnat sohasida mehnatning muayyan turiga xos bo'lgan talablar yoki davlatning yuqoriroq ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo'lgan shaxslar (ayollar, voyaga yetmaganlar, nogironlar va boshqalar) to'g'risidagi alohida g'amxo'rlik bilan bog'liq farqlashlari kamsitish deb hisoblanmaydi. Mehnat sohasida o'zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o'ziga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni to'lash to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish mumkin. Shu bilan birga O'zbekistonda davlat: ish bilan ta'minlash turini, shu jumladan, turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini; ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini g'ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan muhofazalanishni; maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni; har kimga kasbga va ishga ega bo'lishda, mehnat qilish va ish bilan ta'minlash shart-sharoitlarida, mehnat haqi olishda, xizmat pog'onasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni; yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o'qitishni, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo'llanmasi bilan boshqa o'quv yurtlarida stipendiya to'lab malakasini oshirishni; boshqa joydagi ishga qabul qilinganda moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq kompensasiya to'lashni; haq to'lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi. Ish bilan ta'minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari hamda mehnat qilish huquqini amalga oshirishning kafolatlari mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.1 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.1 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga