O'zbekiston korxonalarida moddiy javobgarlik, mehnatni muhofazalash va ijtimoiy sug'urtalash

O'zbekiston korxonalarida moddiy javobgarlik, mehnatni muhofazalash va ijtimoiy sug'urtalash

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston korxonalarida moddiy javobgarlik, mehnatni muhofazalash va ijtimoiy sug'urtalash - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston korxonalarida moddiy javobgarlik, mehnatni muhofazalash va ijtimoiy sug'o'rtalash Ijtimoiy muhofaza qilishni amalga oshirish, ijtimoiy muhofaza mexanizmini takomillashtirishda sifat jihatidan yangi bosqich zarurligi obyektiv jihatdan yetildi. Shu munosabat bilan endi umumiy ijtimoiy muhofaza tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimiga izchil o'tish maqsadga muvofiq bo'lib qoldi. Bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi tizimga o'tish oson ish emas va u jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy murakkabliklarga olib kelishi mumkin. Yo'nalish va sohalaridan qat'iy nazar, bozor tartibotlarini joriy etish bilan bog'liq har qanday islohotlar kishilar manfaatlariga daxldor bo'lib, aholi turmush darajasining u yoki bu ko'rsatkichlari o'zgarishiga (dastlabki bosqichda - jiddiy tarzda pasayib ketishiga) sabab bo'ladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o'tishning O'zbekiston modelida kuchli ijtimoiy siyosat asosiy bo'g'in qilib belgilangandir. Bu esa bozor iqtisodiga o'tish birdan-bir maqsad emasligini, barcha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy islohotlar inson hayoti va faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilishini bildiradi. To'rtinchi ustuvor yo'nalish - halq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy muhofaza qilishni ifoda etadi -deydi Prezidentimiz I.A. Karimov.#61482; Bunday rivojlanish strategiyasi avvalo, aholini ijtimoiy muhofazalashni hamda har bir mehnatga qobiliyatli fuqaro o'z qobiliyatini namoyon etishi, o'z mehnati bilan o'zi va oilasining munosib turmush kechirishini ta'minlashi uchun sharoit yaratishni ko'zda tutadi. Ijtimoiy siyosatning asosiy yo'nalishlari quyidagilar hisoblanadi: fuqarolarning iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, kasb va mehnat sohasini erkin tanlash bo'yicha kafolatlangan konstitusiyaviy huquqlarini ta'minlash. Mehnatga layoqatli aholining o'z mehnat faoliyati shaklini erkin tanlash huquqidan foydalana borib, o'zini va o'z oilasini moddiy jihatdan zarur darajada ta'minlashi, oilasining farovonligi uchun, sog'lom avlodni kamol toptirish uchun javobgar bo'lishi kerak; ijtimoiy muhofazalash aniq va maqsadli yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Aholining turli qatlamlariga alohida-alohida yondashish - yangi ijtimoiy muhofaza tizimining o'ziga xos xususiyati bo'lib qolmog'i lozim; aholini ijtimoiy muhofazalash chora-tadbirlari tizimida real mehnat bozorini shakllantirish, mehnatga layoqatli har bir kishiga o'z mehnati bilan oilasining turmush darajasini yaxshilash imkonini beradigan sharoit yaratish asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Jamiyat taraqqiyoti mamlakat iqtisodiy potensialining qanchalik yuksakligi bilan emas, balki bu potensial har bir kishining har tomonlama rivojlanishi uchun yo'naltirilganligi bilan baholanadi. xalqaro aloqalarda O'zbekiston malakali ishchi kuchiga, ulkan tabiiy resurslarga ega bo'lgan siyosiy jihatdan barqaror davlat sifatida qaralmoqda, bu esa to'g'ridan-to'g'ri xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun juda qulay imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Ijtimoiy islohotlarni o'tkazishning taktik jihatlari quyidagilarni nazarda tutadi: bozor mexanizmlarini joriy etishdan oldin aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va muhofaza qilish bo'yicha qat'iy chora-tadbirlar ko'rish; ijtimoiy soha ahvolini davlat tomonidan nazorat qilish va qo'llab-quvvatlash; bozor iqtisodiga kirib borgan sari yuzaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.39 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.39 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga