O'zbekiston Liberal demokratik partiyasi Yetakchisi O'ktam Ahmadovich Haitov Tarqatish sanasi 15 noyabr 2003 yil Bosh shtab Toshkent (O'zbekiston) 2003 yil 4-5 oktabr - bir guruh tashabbuskorlar - kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va fermerlardan iborat mulkdorlar qatlami, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari hamda boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan umummilliy siyosiy tashkilot, ya'ni partiya tuzish tashabbusi bilan chiqishdi. 2003 yil 7 oktabr - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ushbu tashabbuskor guruh a'zolari bilan uchrashdi. 2003 yil 15 noyabr - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Ta'sis S'ezdi bo'lib o'tdi. Unda partiya Dasturi va Ustavi tasdiqlandi, Siyosiy Kengash hamda Markaziy nazorat-taftish komissiyasi tarkibi saylandi Shu kuni Toshmatov Qobiljon Fattoxovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi etib saylandi. 2003 yil 3 dekabr - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tdi. 2004 yil 1 yanvar - XXI asr ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etildi. 2004 yil 24 may - O'zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi II Majlisida Axmedjanov Maxamadjon Axmedovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi etib saylandi. 2004 yil 26 dekabr - partiya ilk bor O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo'lib o'tgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 41 nafar deputatlik o'rnini egallagan O'zLiDeP parlamentda eng yirik fraksiyani tashkil etdi. Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga 1908 nafar deputat saylandi. 2005 yil 19 mart - O'zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi V Majlisida Teshaboev Muhammadyusuf Mutalibjonovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi etib saylandi 2016 yil 22 yanvar - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo'mitasi va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasidan kelib chiquvchi partiyaning ustuvor vazifalari muhokama qilindi. 2016 yil 16 aprel - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Sog'lom ona va bola yili Davlat dasturidan kelib chiqadagan partiyaning ustuvor vazifalari, partiyaning o'tgan yilda amalga oshirgan ishlari hamda 2016 yilga mo'ljallangan Amaliy chora-tadbirlar kompleks harakat dasturiga o'zgartish kiritish masalalari muhokama qilindi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
229.43 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
229.43 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:41 ]
Arxiv ichida: pptx