O'zbekiston Respublikasi - fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyekti sifatida Reja: 1. Umumiy qoidalar 2. O'zbekiston Respublikasi - mamlakatning ichki oborotida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning subyekti 3. O'zbekiston Respublikasi - mamlakatning tashqi oborotida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi O'zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb e'lon qilinishi, uning xalqaro huquq subyekti, mustaqil suveren davlat sifatida tan olinishi O'zbekistonning o'z boyligini o'zi mustaqil tasarruf qilish imkoniyatini berdi. Endilikda bozor iqtisodiyoti sharoitiga o'tayotgan O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy aloqalarning turlari va shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatiga ega bo'ldi. Darvoqe, O'zbekiston mustaqilligining moddiy asosi ham uning mol-mulkidir. O'zbekiston Respublikasi o'ziga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan obyektlardan xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro foydali hamkorlik o'rnatishga, bunday hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ja'mi amaliy harakatlarni ro'yobga chiqarish uchun foydalanadi. Ma'lumki, davlatning siyosiy tashkilot sifatidagi asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatdagi mavjud subyektlarning, ya'ni, turli guruhlar, millatlar va elatlar, kishilar o'rtasidagi jipslikni ta'minlashdan iborat. Shu ma'noda barcha huquqiy demokratik davlatlarda bo'lgani singari O'zbekiston Respublikasida ham O'zbekiston, uning xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy Majlis va Prezidentgina ish olib borishi mumkin (Konstitutsiyaning 10-moddasi). Manbalar mavzusida ayganimizdek, Konstitutsiya normalari joriy qonun hujjatlarida to'ldirib boriladi. Jumladan, yuqoridagi norma FKning 214-moddasida yanada mustahkamlanib, shunday deyiladi: Respublika mulki bo'lgan mol-mulkni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar (qonunda boshqacha hol belgilanmagan bo'lsa) tasarruf qiladilar. Amalda davlat nomidan yuqoridagi normadan kelib chiqib, turli vazirlik, davlat qo'mitalari, davlat tashkilotlari qatnashishi mumkin. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 21 fevraldagi farmoniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy siyosatini o'tkazish, tashqi bozorda umumdavlat manfaatlarini ta'minlash, chet mamlakatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy va savdo hamkorligi samaradorligini oshirish, bu sohada boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro miqyosdagi samarali ishda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga zarur shart-sharoit yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi. Keyinchalik bu vazirlik Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, bugungi kunda esa ushbu vazirlik O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 21 iyuldagi PF-3631-sonli Farmoni bilan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolarining huquq hamda manfaatlarini ta'minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida bevosita o'zaro foydali aloqalarni o'rnatish maqsadida xorijiy davlatlarda, xalqaro tashkilotlar huzurida O'zbekiston Respublikasining savdo vakolatxonalari ta'sis etiladi. Bu vakolatxonalar o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, o'zlari to'g'risidagi Nizomga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hamda vakolatxona joylashgan davlatlar ishtirokchi bo'lgan xalqaro shartnomalarga amal qiladi. Chet eldagi vakolatxonalar to'g'risidagi Nizom O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi o'z mulkini egallash, foydalanish va tasarruf etish yuzasidan fuqarolik huquqining mustaqil subyekti sifatida ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.67 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.67 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:41 ]
Arxiv ichida: doc