O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud departamentining huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud departamentining huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud departamentining huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud departamentining huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish Reja: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining huquqni muhofaza qilish faoliyatini mohiyati va o'ziga xos xususiyatlari. Sud ijrochilarining huquqni muhofaza qiluvchi va ro'yxatdan o'tkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 10 martdagi Sudlar faoliyati ta'minotini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 120-sonli Qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzurida maxsus vakolatli organ - Sudlar faoliyatini tashkiliy, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash departamenti tashkil etildi. Departamentga boshqa vazifalar qatori qabul qilingan sud qarorlarini, shuningdek, boshqa organlar hujjatlarini so'zsiz ijro etilishini ta'minlashga yo'nalitirilgan tizimli ishlarni amalga oshirish, sud ijrochilarini tanlash va joy-joyiga qo'yish, ularning samarali faoliyat ko'rsatishini tashkil etish majburiyatlari yuklandi. Yuqorida ko'rsatilganidek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig'iga ko'ra Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonunining loyihasi tayyorlanib O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritildi. Qonun loyihasi 2 chaqiriq O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi V sessiyasida 2001 yil 11-12 mayda muhokama qilinishi jarayonida Prezident I.A.Karimov qonun loyihasini yanada takomillashtirish yuzasidan bir qator takliflar kiritdi. Qonun loyihasi davlatimiz boshlig'i kiritgan takliflar etiborga olingan holda, qayta ishlanib maromiga etkazildi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2001 yil 29 avgustda qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonuni ijro hujjatlarini majburiy ijro etish sohasidagi huquqiy munosobatlarni tartibga soluvchi birinchi maxsus qonundir. Mazkur Qonun qabul qilinishi bilan ijro ishi yuritishning quyidagi asosiy masalalari hal etildi: 1) Ijro ishi yuritish institutini isloh etishning asosiy g'oyalaridan biri amalga oshirildi. Bu g'oya shundan iboratki sud hujjatlarini va ayniqsa ijro hokimiyatining ma'muriy va boshqa nazorat qiluvchi organlarning hujjatlarini majburiy ijro qilish fuqarolik yoki xo'jalik sud ishlarining bir qismi bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun ham u Fuqarolik protsessual va Xo'jalik protsessual kodekslari normalari bilan tartibga solinishi mumkin emas. Ijro ishi yuritish huquqning mustaqil sohasi bo'lganligi tufayli ham u haqidagi normalar alohida qonunda mujassamlandi. 2) Hokimiyatlar bo'linishi konstitutsiyaviy prinsipiga muvofiq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish sud hokimiyatining emas, balki ijro hokimiyatining vazifasidir. Shuning uchun ham majburiy ijro organi sud va sud ishlarini yuritishdan ajratilib, ijro hokimiyati organi O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligiga berildi. Shu bilan birga sud ishlarini yuritish va ijro ishi yuritish bajaradigan vazifalarni mushtarakligi tufayli bir-biri bilan uzviy bog'langan. Bu vazifalar jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan tadbirkorlik va o'zga iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda buzilgan yoki nizolanishayotgan huquq va manfaatlarini himoya qilishdir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.24 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.24 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga