O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish Reja: O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish O'zbekiston Respublikasi Adliya organlarining qichqacha tarixi. O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish Mamlakatimiz tarixi juda uzoq bo'lgani kabi, adliya tushunchasi ham yurtimizda juda qadim davrlardan buyon mavjudligi va adliya idorasi sifatida faoliyat yuritib kelayotganligi tarixiy manbalardan bizga ayon. Xususan, XIY asrdayoq buyuk bobokolonimiz Amir Temur o'z davlatchiligida hech bir davlatda bo'magan lavozim - Adolat amiri lavozimini tasis etganligi fikrimizning dalilidir. O'zbekiston Xalq Adliya komissarligi 1924 yil 26 noyabr kuni avtonom Turkiston Respublikasi Xalq Adliya komissarligi negizida, Revolyutsion qo'mitaning qaroriga asosan tashkil qilingan. Uning asosiy maqsad va vazifalaridan biri, O'zbekiston hududiga kiruvchi sobiq Buxoro Amirligi, Xorazm va Qo'qon xonliklarining hududida adliya idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish va yagona tizimga birlashtirishdan iborat bo'lgan. O'zbekiston Markaziy ijroiya qo'mitasi Prezidiumi kengashining 1925 yil 6 may kungi qarori bilan adliya idoralarining tuzulmasi va vakolatlarini beligilab beruvchi Adliya xalq komissariyati nizomi tasdiqlandi. Ushbu Nizomning 1-moddasiga ko'ra, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Adliya xalq komissiariyati zimmasiga: - barcha sud idoralari, prokuratura, tergov organlari, notariat va sud ijrochilari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, ular faoliyatini boshqarishga oid ko'rsatmalar berish va yo'nalishlarini muvofiqlashtirib borish; - sud organlari xodimlarini lavozimlarga tayinlashni tasdiqlash, - sudlovlik funksiyalari yuklatilgan yer komissiyalari va boshqa muassasalarining faoliyatini kuzatish; - himoyachilar kollegiyasi va fuqarolarga yuridik xizmat ko'rsatish tashkilotlarining faoliyatini kuzatish; - bir tomondan adliya idoralari va ikkinchi tomondan boshqa vakillik organlarining vakolatlarini cheklash yuzasidan o'zaro kelishmovchiliklarni ko'rib chiqish; - O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Markaziy ijroiya qo'mitasi va xalq komissariyati kengashi muhokamasiga kiritilishi mo'ljallangan barcha qonunchilik hujjatlariga takliflarni ko'rib chiqish; - qonuniylikni ta'minlashni nazorat qilish; - qabul qilingan va amaldagi qonun hujjatlariga huquqiy tushuntirish berish kabi vazifalar, funksiyalar va huquqlar yuklatilgan. Adliya xalq komissarligi 3 ta asosiy bo'limdan tashkil topgan: Sudlarni tashkillashtirish va nazorat Prokuratura Qonunlarga takliflar kiritish bo'limlaridan iborat bo'lgan. Adliya xalq komissari bir vaqtning o'zida Respublikaning Davlat Prokurori ham hisoblangan, qaysiki, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Xalq komissariyati kengashishining taklifiga asosan Markaziy ijroiya qo'mitasi tomonidan tayinlanadi. Sud va prokuratura organlariga rahbarlik qilish faoliyati bilan bog'liq bo'lgan muhim masalalarni ko'rib chiqish maqsadida, Adliya xalq komissarligi qoshida Kollegiya tashkil qilinib, uning tarkibiga quyidagilar kirgan: - Xalq Adliya kommissari; - Ikki nafar o'rinbosarlari; - Adliya xalq komissarligining bo'lim boshliqlari; - Respublika Oliy sudi raisi Kollegiya a'zolari hisoblangan. 1926 yil 22 dekabr kuni Adliya xalq komissarligining Nizomiga ayrim o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib, 1931 yil 11 oktyabrda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.49 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.49 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:41 ]
Arxiv ichida: doc