O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi REJA: 1.O'zbekiton Respublikasi adliya vazirligi va uning asosiy pirnsiplari. 2.Adliya vazirligi faoliyatining asosiy yo'nalishlari. 3.Adliya vazirligining tuzilishi va adliya vazirligining boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorligi 1.O'zbekiton Respublikasi adliya vazirligi va uning asosiy pirnsiplari. O'zbekiston Respublikasining Adliya vazirligini adliya vaziri boshqaradi. U ayni paytda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining a'zosi hamdir. Bu mazkur vazirlikning jamiyat va davlat hayoti uchun ahamiyatini ko'rsatadi. U majlislarda Adliya vazirligi faoliyatining asosiy masalalaarini ko'rib chiqadi. Boshqarmalar va bo'limlar rahbarlarining hisobotlarini, O'zbekiston Respublikasi sudlari raislarining ma'ruzalarini tinglaydi, kadrlarni tanlash, o'rniga qo'yish, o'qitish va tarbiyalash, qarorlarni bajarishni tekshirish, muhim buyruqlarning va vazirliklar boshqa hujjatlarining loyihalarini muhokama qiladi, shuningdek vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, ijroiya hokimiyati mahalliy organlari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning rahbarlarinitaklif etgan holda ulardagi yuridiy xizmatlar huquqiy ishi va faoliyatini tekshirish natijalarini muxokama qiladi. Hay'atning qarorlari vazirning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish to'g'risidagi farmoniga ko'ra, adliya organlarining roli va javobgarligini oshirish, qonunchilik faoliyatini takomillashtirish, aholining yuridik himoyasini, fuqarolarning konstitutsiyaviy hsquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni yaxshilash maqsadida Adliya vazirligi huquqiy siyosatni o'tkazish bo'yicha Respublika davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, taraflardan biri O'zbekiston Respublikasi hisoblangan hollarda boshqa davlatlarning sudlarida huquqiy masalalarni hal qilishda Prezidentning vakili sifatida chiqadi. Adliya vazirligi, belgilangan tartibda, boshqa Respublika va xorijiy davlatlarning tegishli organlari va yuridik muassasalari bilan, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan muzoqaralar olib borish va shartnomalarni tuzish huquqiga ega. Ushbu farmon bilan Adliya vazirligi zimmasiga quyidagilar yuklangan: davlat va xo'jalik organlari yuridik xizmatlarining xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, attestatsiyadan o'tkazishni tashkil qilish, shuningdek, fuqarolarga huquqiy yordam berishga mo'ljallangan tadbirkorlik faoliyatiga litsenziyalar berish; vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar o'z vakolatlari doirasida qabul qilayotgan umumiy majburiy tusdagi normativ hujjatlarning huquqiy ekspertizasini o'tkazish va ro'yxatga olish; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Adliya vazirligi vakolatida bo'lgan qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi takliflarni kiritish va ishlab chiqish. Vazirliklar tizimiga quyidagilar kiradi: Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi adliya boshqarmalari, notariat, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish muassasalari, Toshkent sud ekspertizasi ilmiy-tadqiqot instituti qonunchilik muammaolarini tadqiq qilish instituti, Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent yuridik kolleji, Adolat nashriyoti, Adolat xo'jalik hisobidagi huquqiy yordam ko'rsatish markazi. Vazirlik O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sudlarni (O'zbekiston Respublikasi Oliy sudidan tashqari) tashkiliy jihatdan ta'minlashni va advokaturaga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Vazirlik Hayot va qonun - Jizn i zakon jurnalini, Inson va qonun - Chelovik i zakon gazetasini nashr etadi. Vazirlikning asosiy vazifasi quyidagilar: A) adliya idoralari, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.76 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.76 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: doc