O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining fuqarolar murojaatlari va xatlar bo'limi to'g'risidagi nizom

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining fuqarolar murojaatlari va xatlar bo'limi to'g'risidagi nizom

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining fuqarolar murojaatlari va xatlar bo'limi to'g'risidagi nizom - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining fuqarolar murojaatlari va xatlar bo'limi to'g'risidagi nizom Reja: Bo'limning asosiy vazifasi va faoliyat yo'nalishlari: Bo'lim boshlig'ining vakolatlari: Bo'lim boshlig'i o'rinbosarining vakolatlari: Bo'lim katta prokurorlari va prokurorlarining vakolatlari: Bo'limda ish yuritishni tashkil qilish: «Fuqarolar murojaatlari va xatlar bo'limi to'g'risida»gi NIZOM Fuqarolar murojaatlari va xatlar bo'limi (bundan keyin matnda bo'lim deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining mustaqil tarkibiy tarmog'i hisoblanadi. Bo'lim faoliyatiga Bosh prokuror tomonidan tayinlanadigan bo'lim boshlig'i rahbarlik qiladi. Bo'limda bo'lim boshlig'ining o'rinbosari, katta prokurorlari, prokurorlari, mutaxassislari, bo'lim katta nozirlari va nozirlari faoliyat ko'rsatadi. Bo'lim o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Prokuratura to'g'risida»gi, «Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida»gi qonunlari hamda boshqa qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Hukumat qarorlari, Bosh prokuraturaning hayati qarorlari, Bosh prokurorning buyruq va ko'rsatmalari, prokuratura organlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish haqidagi Yo'riqnoma hamda mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiradi. Bo'lim tomonidan qonuniylik ahvoli tahlillaridan kelib chiqqan holda ishni tashkillashtirish borasida Bosh prokuraturaning yarim yilga tuziladigan ish rejasiga takliflar beriladi hamda bo'limning ish rejasi tuziladi. Ish rejasiga kiritalgan tadbirlar ijrosi belgilangan muddatlarda ta'minlanadi. Bo'lim ishini tashkil etish xodimlar o'rtasida vazifalarni soha-mintaqa va o'rindoshlik asosidagi ish taqsimotiga binoan amalga oshiriladi. Bo'limda fuqarolarning murojaatlari va ish yuritish borasida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha tahliliy hujjatlar tayyorlanadi va bu haqda Bosh prokuratura rahbariyatiga axborot berib boriladi. Quyi prokuraturalarda soha faoliyatini yaxshilashga qaratilgan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi va joylarga yuboriladi. Bo'limda tezkor yig'ilishlar o'tkazib boriladi va ularda sohaga taalluqli, shuningdek bevosita xodimlarning faoliyati bilan bog'liq masalalar muhokama qilinadi. Bo'limda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorakda hisobot tuzilib, tashkiliy-nazorat va tahlilot boshqarmasiga topshiriladi. Hisobotlarning haqqoniyligi uchun mas'uliyat bo'lim boshlig'i zimmasida bo'ladi. Zaruratga ko'ra viloyatlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalardan sohaga oid tahliliy axborotlar talab qilib olinadi. Bo'lim faoliyatini Bosh prokurorning soha bo'yicha o'rinbosari nazorat qiladi va sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Bosh prokurorga axborot berib boradi. Bo'lim Bosh prokuraturaning tarkibiy tarmoqlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Oliy Majlis, sud va boshqa tegishli idoralar hamda jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi. Viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning fuqarolarning murojaatlari va xatlar bo'yicha katta yordamchilari (bundan keyin matnda katta yordamchilar deb yuritiladi) o'z faoliyatini mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiradi. Bo'limning asosiy vazifasi va faoliyat yo'nalishlari: Bo'lim prokuratura organlarida fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunda belgilangan tartibda qabul qilinishini va ko'rib chiqilishini ta'minlash choralarini ko'radi. Bosh prokuraturada boshqarma va bo'limlar xodimlari tomonidan fuqarolarning kundalik qabullarini tashkillashtiradi va bevosita bo'limda fuqarolar qabul qilinadi. Bosh prokuraturaga fuqarolar, davlat idoralari, muassasalar, jamoat birlashmalari, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.16 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.16 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga