O'zbekiston Respublikasi bosh prokurorining prokuratura organlarida ishni tashkil etish Reja: O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining prokuratura organlarida ishni tashkil etish Prokuratura organlariga yoshlarni ishga qabul qilish, lavozimlarga tayyorlash va tarbiyalash O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlarida yosh mutaxassislarning ishini tashkil etish to'g'risida NIZOM Umumiy qoidalar Mazkur Yo'riqnoma oliy yuridik o'quv yurtlarini bitirgan yosh mutaxassislarni prokuratura organlariga, shuningdek, yuridik, iqtisodiy va moliya o'quv yurtlarini bitirgan yosh mutaxassislarni Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy yo'l bilan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga (bundan keyin matnda Departament deb yuritaladi) tanlab, ishga qabul qilish hamda ularning bilimi va qobiliyatini hisobga olgan holda ish o'rganishini tashkil etish tartibini belgilaydi. Prokuratura rahbariyati yosh mutaxassislarga g'amxo'rlik ko'rsatib, ularni prokuraturaning eng yaxshi an'analariga sodiq holda tarbiyalash choralarini ko'radi. Bunda yosh mutaxassislarning oliy o'quv yurtlarida olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq qilish, kasb sirlarini egallashlari uchun ko'maklashish, ularda mas'uliyat va qonunbuzilishlarga murosasizlik hissini, yangilikni sezish va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishga asosiy etibor qaratilishi lozim. Prokuratura organlari tizimidagi mavjud ish o'rganuvchi, shuningdek, tuman, shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda bo'sh bo'lgan prokuror yordamchisi yoki tergovchi lavozimlariga ish o'rganuvchi sifatida qabul qilinganlar hamda Departamentning tuman-shahar bo'limlariga ilk bor ishga qabul qilingan barcha xodimlar uch yilgacha yosh mutaxassis hisoblanadilar. Departament va harbiy prokuratura organlariga ishga habul qilingan yosh mutaxassislar ish o'rganuvchi lavozimida emas, tezkor xodim lavozimida faoliyat yuritadilar. Prokuratura organlariga yoshlarni ishga qabul qilish, lavozimlarga tayyorlash va tarbiyalash O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi kadrlar boshqarmasi tegishli oliy o'quv yurti rahbariyati bilan hamkorlikda prokuraturaga qabul qilish uchun tanlab olingan talabalarning shaxsi va bilim darajasini o'rganadi. Oliy o'quv yurtlarning talabalari prokuratura organlarida amaliyot o'tashlari mumkin. Amaliyot Bosh prokuratura, tegishli vazirliklar hamda oliy o'quv yurtlarning rahbariyati bilan hamkorlikda kelishilgan jadval asosida, tuman, shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar hamda Departamentning tuman, shahar bo'limlarida o'tkaziladi. Prokuratura rahbariyati talabalarning oliy o'quv yurtlarida olgan nazariy bilimlarini amaliyotga to'g'ri tatbiq etishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi, ularga tajribali xodimlardan murabbiylar tayinlaydi. Ish o'rganish amaliyoti tugagach, talabalarning shaxsiy xislati, ishchanlik qobiliyati va kamchiliklari, tanlagan kasbiga munosabati haqida tavsifnoma tuzib, uning nusxasini o'n kun ichida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning kadrlar bo'yicha katta yordamchilari, Departament hududiy boshqarmalarining kadrlar bo'yicha katta inspektorlari orqali tegishligicha Bosh prokuraturaning kadrlar boshqarmasi yoki Departamentning kadrlar bo'limiga yuboradi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning kadrlar bo'yicha katta yordamchilari, Departament hududiy boshqarmalarining kadrlar bo'yicha katta inspektorlari har yili talabalarning ish o'rganish amaliyotini umumlashtirib, uni attestatsiya komissiyasi yoki prokuratura (Departament hududiy boshqarmasi) rahbariyati huzuridagi tezkor yig'ilish muhokamasiga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.12 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.12 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: doc