O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining vakolatlari

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining vakolatlari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining vakolatlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining vakolatlari Reja: O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobdorligi Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi (O'zR Prokuratura to'g'risidagi Qonunning 15-moddasi) Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining vakolatlari O'zbekiston Respublikassis Bosh prokurori prokuratura organlariga rahbarlik qiladi va ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qonunchilik tashabbusi bilan murojaat etishi mumkin; O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 81-moddasida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida, shuningdek uning organlari majlislarida ishtirok etishi mumkinligi belgilab qo'yilgan; O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi, uning ko'rib chiqishi uchun masalalar kiritishi va ko'rilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin; O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlislarida ishtirok etadi, ko'rilayotgan ishlar bo'yicha va muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan fikr bildiradi, qonun hujjatlarini qo'llash bilan bog'liq masalalar bo'yicha Plenum tushuntirishlar berishi xususida takliflar kiritadi; O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumi majlislarida ishtirok etadi , muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan fikr bildiradi, qonun hujjatlarini qo'llash bilan bog'liq masalalar bo'yicha Plenum tushuntirish berishi xususida takliflar kiritadi; O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayatining tarkibini tasdiqlash to'g'risidagi takliflarni O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi; Prokuratura organlari xodimlariga darajali unvonlar beradi va oliy darajada unvonlar berish to'g'risidagi taqdimnoma bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etadi; Prokuratura organlari xodimlarini O'zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etadi; Prokuratura organlari xodimlarini «O'zbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi» ko'krak nishoni bilan taqdirlaydi; Buyruqlar chiqaradi hamda prokuratura organlarining tarkibiy bo'linmalari to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; Chet el davlatlarining tegishli organlari bilan hamkorlik to'g'risidagi bitimlar tuzadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va boshqa hujjatlari (individual xususiyatga ega bo'lgan hujjatlar bundan mustasno) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori asosida bekor qilinadi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobdorligi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida hisobdordir. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga: qonuniylik va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to'g'risida-muntazam ravishda; o'ta og'ir jinoyatlar va favqulodda hodisalar to'g'risida-zudlik bilan; prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar to'g'risida-har olti oyda axborot taqdim etadi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga o'z faoliyati haqida muntazam Ravishda hisobot beradi (O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi Qonunining 14-moddasi). Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi (O'zR Prokuratura to'g'risidagi Qonunning 15-moddasi) Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori rahbarlik qiladi, u O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori: Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi; O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori oldida hisobdordir. Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori tegishincha tuman, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.5 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.5 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga