O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida Reja: Bojxona organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo'nalishlari. Bojxona organlari: Bojxona organlari faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari. Bojxona organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo'nalishlari. Bojxona faoliyatini tashkil etish, yagona bojxona siyosatini o'tkazish, uning faoliyati tezkorligini va samaradorligini oshirish, davlatning iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlash va bojxona sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 8 iyulda № UP-1815 O'zbekiston Respublikasi bojxona qo'mitasini tashkil qilish to'g'risidagi farmoni qabul qilindi. Bojxona qo'mitasi faoliyatini tashkil qilish va uning tuzilishi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga asosan belgilanadi. Davlat bojxona qo'mitasi Raisi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va Oliy Majlis tasdig'iga kiritiladi. O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi raisi o'rinbosarlari, O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi boshqarmalari, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va maxsus bojxona komplekslari boshliqlari Davlat bojxona qo'mitasi raisi tavsiyasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi. Davlat bojxona qo'mitasi O'zR Konstitutsiyasiga asosan davlat boshqaruv organi bo'lib hisoblanadi. Qo'mita o'z vakolatlari doirasida yagona bojxona siyosati yuritilishini, bojxona faoliyatida qonunchilikka amal qilinishini, DBK organlari samaradorligini ta'minlaydi. DBK o'z faoliyatida O'zR Konstitutsiyasi, qonunchilik va O'zR qo'shilgan xalqaro kelishuvlarga, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asoslanadi. DBKning asosiy vazifalari va faoliyat tartibi DBK to'g'risidagi Nizomda mustahkamlab qo'yilgan.1 DBKning o'z vakolatlari doirasida qonunga asosan qabul qilingan qarorlari mulkchilik shaklidan qati nazar yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy xarakterga ega. DBKning asosiy vazifalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: - Respublikaning iqtisodiy manfaatlarini va belgilangan tartib doirasida iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish; - Respublikaning bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; - bojxona qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish; - bojxona ishlarini amalga oshirishda fuqarolarning va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish; - kontrobanda, bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash, Respublikaning bojxona chegaralaridan noqonuniy ravishda narkotik moddalar, psixotrop va portlatish moddalarini, qurol, valyuta boyliklari, milliy boylik hisoblanuvchi tasviriy san'at, tarixiy-madaniy va arxeologik meros predmetlarini, intellektual mulk obeklarini olib chiqib ketilishini bartaraf etish; - O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnoma kelishuvlarida mustahkamlangan boshqa vazifalar. DBK zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib: - yagona bojxona siyosatini amalga oshirishning huquqiy-iqtisodiy va tashkiliy mexanizmini ishlab chiqadi uni amaliyotda qo'llanilishini ta'minlaydi, bojxona sohasidagi qonun va normativ aktlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; - O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma-larini ishlab chiqishda ishtirok etadi, o'z vakolatlari doirasida va belgilangan tartibda bojxona masalalari bo'yicha xalqaro shartnomalarni imzolaydi; - davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, fuqarolar hayoti va sog'lig'ini, hayvonlar va o'simliklarni himoya qilish, Respublika bojxona hududini o'rab turuvchi muhitni muhofaza qilinish chora-tardirlarini amalga oshirilishiga ta'sir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.82 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.82 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga