O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari

O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Ijro hokimiyati organlari tushunchasi 2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 3. Vazirliklar, davlat qo'mitalari hamda boshqa davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari 4. Mahalliy davlat hokimiyati organlari O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari Davlat - o'z hokimiyatini amalga oshirish imkonini beruvchi tashkiliy-moddiy kuchga, ya'ni davlat mexanizmiga egadir. Mexanizm davlatning nimadan tashkil topganligini ko'rsatuvchi tarkibiy va predmetli ifodasidir. Davlat mexanizmi - davlat organlari va boshqa tashkilotlarining davlat hokimiyatini, vazifa va funksiyalarini amalga oshirishning yaxlit iyerarxik, ya'ni bo'ysinuvga asoslangan tizimidir. Davlat mexanizmining boshlang'ich va asosiy tarkibiy elementlaridan biri - bu davlat organlaridir. Davlat organlari - davlat funksiyalarini amalga oshiradigan va hokimiyat vakolatiga ega bo'lgan davlat mexanizmining bo'g'inidir. Davlat va huquq nazariyasi faniga ko'ra, davlat organlarining mazmun-mohiyatini ochib beruvchi xususiyatlarga quyidagilar kiradi: davlat organi - davlat mexanizmining bir bo'lagi sifatida, ma'lum bir mustaqillikka (avtonomiyaga) egadir. Davlat organlari davlat mexanizmida o'z o'rniga ega bo'lib, uning boshqa qismlari bilan o'zaro aloqada bo'ladi; davlat organi - turli munosabatlarda davlat nomidan harakat qiluvchi xizmatchilardan iborat bo'ladi. Aynan davlat xizmatchilarining harakatlarida u yoki bu davlat organining faoliyati namoyon bo'ladi; davlat organlari ichki tarkibiy tuzilmaga egadir, ya'ni ular yagona maqsad atrofida birlashgan bo'linmalardan iborat bo'ladi; davlat organlari ma'lum bir hajm va mohiyatga ega bo'lgan davlat-hokimiyat vakolatiga egadir; davlat organlarining funksiyalanishini - davlat tomonidan moliyaviy mablag' ajratish orqali ta'minlanadi; davlat organlari - davlatning vazifa va funksiyalarini amalga oshirish uchun, ma'lum bir shakl va uslublardan foydalanadi. Davlat organi o'zining mohiyatiga ko'ra qandaydir tashkilotni, fuqarolarning jamoasini anglatadi. Bunday fuqarolarning jamoasi davlat faoliyatining u yoki bu turini amalga oshirish uchun davlat tomonidan tashkil etiladi. Davlat o'z organlarini bevosita tashkil etadi yoki ularni tashkil etish tartibini belgilaydi, ularning funksiyalanishining asosiy qoidalarini o'rnatadi, davlat nomidan va davlat manfaatini ko'zlab harakat qilishi uchun ularga ma'lum bir vakolatlarni berib qo'yadi. Davlat organlarining barchasi, yagonalikda - davlat apparatini tashkil etadi. Davlat apparati orqali davlat oldida turgan vazifa va funksiyalar amalga oshiriladi. Davlat - fuqarolarning siyosiy tashkiloti bo'lganligi sababli, tashkil qilinadigan davlat organlari hokimiyat vakolatiga ega bo'ladi. Turli huquq sohalari mutaxassislarining davlat organlari va xususan davlat boshqaruvi organlari tushunchasi, mazmuni va ahamiyati muammolariga bag'ishlangan ko'pdan-ko'p ilmiy izlanishlari mavjuddir. 90-yillarning boshlaridan, ya'ni sobiq Ittifoqning parchalanishi, yangi davlat tuzilmalarining shakllanishi va rivojlanishi bilan, bu muammoga bo'lgan e'tibor yanada kuchayib bordi. Bu ayniqsa davlatlar tomonidan Asosiy qonunning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi bilan yanada jonlandi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya asosida davlat hokimiyatining bo'linishi prinsipining o'rnatilishi bilan, davlatning - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlariga bo'linishi mustahkamlandi. Aksariyat Ma'muriy huquq darsliklarida ma'muriy-huquqiy munosabatlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.65 MB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.65 MB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga