O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjet huquqi

O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjet huquqi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjet huquqi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjet huquqi Название компании 11-sinf Davlat va huquq asoslari fani darsligi asosida 20-mavzu Byudjet tushunchasi va huquqi Byudjet huquqini davlat byudjeti mablag'larini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo'yicha yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi moliyaviy-huquqiy normalar majmuyi sifatida belgilash mumkin. Davlat byudjet tashkilotlari o'z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun kerak bo'lgan barcha mablag'larnibyudjetning tegishli xarajatlar qismidan oladilar. Byudjet davlat hokimiyati organlari funksiyalarini ta'minlash maqsadida pul mablag'larini tashkil etish va xarajat qilish shaklidir. Byudjetning asosiy vazifalari: milliy daromadni qayta taqsimlash; iqtisodiyotni tartibga solish; byudjet sohasini moliyaviy ta'minlash va davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish; markazlashgan pul mablag'lari jamg'armalarini tashkil etish va foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish. Byudjet to'g'risidagi qonun hujjatlari, ularning boshqa qonun hujjatlarida ko'rsatilgan normalari Byud-jet kodeksiga muvofiq bo'lishi kerak. Agar davlatimiz tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalarda byudjet to'g'risidagi qonun hujjatlariga zid qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi. Davlat byudjeti har yili tasdiqlanadi va u 1-yanvardan 31-dekabrga qadar amalda bo'ladi. Davlatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi jarayonida byudjetdan foydalanish natijasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me'yorlar alohida guruhga ajratiladi hamda moliya qonun hujjatlarining asosiy bo'limlaridan biri bo'lgan byudjet qonunlarini tashkil qiladi. Byudjet so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, «g'azna» degan ma'noni anglatadi. Byudjet XVII asrning ikkinchi yarmida Fransiyadagi burjua revolyutsiyasidan keyin o'rnatilgan. O'zbekiston Respublikasining byudjet tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi: byudjet tizimining yagonaligi; byudjet tizimining O'zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi; byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o'zaro bog'liqligi; Davlat byudjeti quyidagi darajadagi byudjetlardan iborat: - O'zbekiston Respublikasining byudjeti; - Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari. Davlat byudjeti daromadlari: - Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar; - Davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar; Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar; Davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar; Meros, hadya huquqi bo'yicha davlat mulkiga o'tgan pul mablag'lari; Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari; Rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to'lash hisobidan to'lovlar; Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Davlat byudjeti daromadlari: Savol va topshiriqlar 1. Byudjet sohasidagi vakolatlar qaysi davlat organlariga berilgan? 2. Davlat maqsadli jamg'armalarining daromadlari haqida ma'lumot to'plang. 3. Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi nimadan iborat? 4. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining xarajatlari nimalardan iborat? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.03 MB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:42 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.03 MB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga