O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlari

O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlari Reja 1-.Davlat hokimiyati vakillik organlarining huquqiy asoslari. 2-. Davlat hokimiyati vakillik organlarining turlari va tizimi. 3-. Davlat hokimiyati vakillik organlari tizimida vakolatlarning taqsimlanishi 4-.O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati 5-.Xalq deputatlari viloyat Kengashlari, shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman xalq deputatlari Kengashlari va ularning o'zaro munosabatlari. 6-. Davlat organlari tizimida davlat hokimiyati vakillik organlarining tutgan o'rni. Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratilishi ular faoliyatining kafolati bo'lib xizmat qiladi.Shu bois O'zbekiston mustaqillikka erishgach davlat hokimiyati vakillik organlari tizimidagi organlar va ular faoliyatini huquqiy asoslarini yaratildi. Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati bir qator huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishning asosiy prinsiplari to'g'risida gi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to'g'risida gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi to'g'risida gi O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy Qonuni, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonuniga o'zgartishlar va ko'shimchalar kiritish haqida O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa hujjatlar. Bu borada O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim ahamiyatga ega.O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlarining tizimi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan, ularning ichki tarkibiy qismlari esa ular haqidagi alohida normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat hokimiyati vakillik organlarining, ularning funksiya va vakolatlarini amalga oshirishdagi deputatlarning, fuqarolarning tutgan o'rni va roli tartibga solinsa, boshqa huquqiy hujjatlar bilan xalq deputatlari faoliyatining asosiy tashkiliy shakl va uslublari ham tartibga solinadi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, xalq deputatlari faoliyatini huquqiy tartibga solish murakkab jarayonni tashkil etadi. Hozirgi davrda huquqiy normalar bilan bir qatorda boshqa ijtimoiy normalardan ham foydalanish ko'rsatilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari juda katta vakolatlarga ega. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 5-bandidagi qoidaga muvofiq Oliy Majlis palatalari O'zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizimini va vakolatlarini belgilaydi. O'zbekiston mustaqillik yillari davomida umuminsoniy qadriyatlar va boy milliy an'analar bilan yo'g'rilgan o'ziga xos rivojlanish yo'lini aniqlab oldi. Shu asosda davlat-huquqiy amaliyotda jahon parlamentarizmining boy tajribasidan unumli foydalanilib, Respublika konstitutsiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bo'linishi prinsiplariga mos davlat organlari tizimini shakllantirildi. 2-. Davlat hokimiyati vakillik organlarining turlari va tizimi. O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlarining tizimi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan, ularning ichki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.4 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.4 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga