O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi

O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston respublikasi fuqaroligi Автор: 10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 4-mavzu Fuqarolarning huquqiy holati Fuqarolik instituti har bir suveren davlat uchun majburiy hisoblanadi. Fuqarolik jismoniy shaxslar va davlat o'rtasida barqaror siyosiy-huquqiy aloqalar mavjudligini anglatadi. Fuqarolik shaxsning huquqiy holatini qonunan tartibga soladi va uning tegishli huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi. Biroq fuqarolik maqomi har bir insonga berilmaydi, chunki mamlakatda yashaydigan hamma odamlar ham uning fuqarolari hisoblanmaydi. Boshqa davlatlarda bo'lgani kabi, O'zbekistonda ham ma'lum hayotiy holatlardan kelib chiqib, vaqtinchalik yoki muntazam yashaydigan O'zbekiston fuqarosi bo'lmagan odamlar ko'plab topiladi. O'zbekiston respublikasining fuqaroligi to'g'risidagi qonun O'zbekiston Respublikasining fuqarolik to'g'risidagi qonunlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida qabul qilingan shbu Qonundan va O'zbekiston Respublikasining shu Qonunga muvofiq chiqariladigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. O'zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq me'yorlariga muvofiq ta'minlanadi. O'zbekiston fuqarolaridan farqli ravishda xorijiy fuqarolar saylash huquqidan foydalana olishmaydi, deputatlar yoki senatorlar sifatida saylanishga va harbiy xizmat qilishga haqli emas. O'zbekiston respublikasi fuqaroligini olish «O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to'g'risida»gi Qonunda fuqarolikni olishning bir nechta asosi keltirilgan: - Tug'ilganligi bo'yicha; - O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi natijasida; - O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra; - «O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to'g'risida»gi Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda. Bolaning tug'ilishi tug'ilgan davlati fuqaroligini o'z-o'zidan olish uchun tabiiy asos bo'lib xizmat qiladi. Bola O'zbekiston hududida yoki undan tashqarida tug'ilganiga qaramay, agar uning ota-onasi O'zbekiston fuqarolari bo'lishsa, u o'z-o'zidan uning fuqaroligini oladi. Ota-onasi apatrid bo'lib, ular doimo O'zbekiston hududida yashashsa ham, bola O'zbekiston fuqaroligini oladi. Agar ota-onasidan biri O'zbekiston fuqarosi bo'lmasa ham, bola O'zbekiston fuqaroligini olishga haqli. O'zbekiston respublikasi fuqaroligining to'xtatilishi O'zbekiston fuqaroligining to'xtatilishiga quyidagilar asos bo'ladi: - Fuqarolikning yo'qotilishi oqibatida; - O'zbekiston xalqaro shartnomalarida nazarda tutgan boshqa asoslarga ko'ra. Fuqarolikdan chiqishni taqiqlash Iltimosnoma bilan murojaat qilgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan yoki unga nisbatan ijro etiladigan sud hukmi kuchga kirgan hollarda fuqarolikdan chiqishga yo'l qo'yilmaydi. Fuqarolikdan chiqishi O'zbekiston davlat xavfsizligi manfaatlariga zid bo'lgan taqdirda ham bunday iltimosnoma rad etiladi. Savol va topshiriqlar: 1. Sizningcha, nima uchun har qanday suveren davlatda fuqarolik majburiy hisoblanadi? 2. Fuqarolik tushunchasiga ta'rif bering. 3. Mamlakatda yashayotgan, ammo uning fuqaroligini olmagan odamlar qanday huquq va majburiyatlarga ega? 4. Qanday hollarda fuqarolikdan chiqish taqiqlanadi? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.27 MB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.27 MB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga