O'zbekiston Respublikasi fuqarolik huquqi tushunchasi, predmeti va vazifalari Reja: 1. Fuqarolik huquqi tushunchasi, predmeti, vazifalari. 2. Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari. 3. Fuqarolik huquqi tizimi. Fuqarolik huquqi tushunchasi, predmeti, vazifalari Fuqarolik huquqi O'zbekiston Respublikasida amal qiluvchi huquq tizimi sohalaridan biri bo'lib, mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tish davrida fuqarolar va boshqa subyektlarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini tobora tularok kondirish maqsadida mulkiy munosabatlarni va mulkiy xarakterda bo'lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solish va mustahkamlashga qaratilgan huquqiy normalar yig'indisidan iboratdir. fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasi O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 2-moddasida belgilab qo'yilgan. Bunga asosan fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo'lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va uzga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog'liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Bu munosabatlar doirasida mulkiy munosabatlar yetakchi urinni egallaydi. Mulkiy munosabatlar deb - iqtisodiy munosabatlar, yani ishlab chiqarish vositalari, istemol buyumlari, umuman kishi mehnatining xar qanday mahsulotlarini barpo etish, egallash, foydalanish va tasarruf etish bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Mulkiy munosabatlarning barchasi xam fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinmaydi. Bazi mulkiy munosabatlar huquqning boshqa sohalari bilan tartibga solinadi. huquqiy munosabatda katnashuvchi bir tarafning ikkinchi tarafga ma'muriy jihatdan buysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlar - ma'muriy huquq normalari, solik va byudjet bilan bog'liq munosabatlar - moliya huquqi normalari bilan, shuningdek, jamoa xo'jaliklarida ularning nomidan kelib chikadigan munosabatlar tegishincha oila, mehnat, yer, suv va jamoa xo'jaligi huquqi normalari bilan tartibga solinadi. fuqarolik huquqi asosan muayyan ekvivalent barobariga belgilanadigan qiymat, baho bilan ifodalanadigan va ishtirokchilari keng darajada kuriladigan mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Mulkiy xarakterdagi huquqi munosabatlar, yani fuqarolar va jamoalarning moddiy boyliklarini yaratish, ularni egallash, bu boyliklardan foydalanish va ularni tasarruf etish sohasida bo'lgan o'zaro huquqiy munosabatlari o'z-uzicha tushunilmaydi. Bu munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlaridan, yani ijtimoiy munosabatlardan kelib chikadi va ular bilan chambarchas holda kuriladi. fuqarolik huquqi iqtisodiy munosabatlarni maxsus yuridik shaklda mulkiy-huquqiy munosabatlar shaklida rasmiylashtiradi. fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlarining huquqiy shakli, yuridik ifodasi sifatida kuriladi. Shu nuqtai nazardan mulkiy munosabatlar shaxslar o'rtasidagi, ularning erklari bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlarning alohida toifasini - huquqiy munosabatlarni bildiradi. fuqarolik huquqining boshqa sohalari bilan birga mulkning barcha shaklini - xususiy va ommaviy mulkni mustahkamlash va tasarruf qilish huquqlarini belgilaydi, rasmiylashtiradi va kuriklaydi. fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar doirasi nixoyatda keng. Bular jumlasiga olish-sotish, xilma-xil buyurtmalar kabul qilish (ijro etish), tuar joylarni ijaraga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.97 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.97 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: doc