O'zbekiston Respublikasi fuqarolik huquqining manbalari Reja: 1. Fuqarolik huquqi manbalari tushunchasi va turlari 2. Fuqarolik qonunlarining vaqt, hudud va shaxslar bo'yicha amalda bo'lishi 3. Fuqarolik huquqida qonun analogiyasi va huquq analogiyasi 4. Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlash va ularning turlari Fuqarolik huquqining manbalari deganda, fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan normativ hujjatlar tushuniladi. Huquq manbaini tashkil etgan xalqning erki davlat erki bo'lib, ma'lum shaklda qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda ifodalanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida: Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir, deb normalangan. Huquq manbalari to'g'risida so'z yuritilganda, birinchi navbatda qonun ustida to'xtalish lozim. O'zbekiston Respublikasida qonunlar Oliy Majlis - hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi tomonidan amalga oshiriladi. Qabul qilinadigan bu qonunlar barcha uchun majburiy bo'lgan normativ hujjatlardir. O'zbekiston Respublikasining asosiy qonuni - Konstitutsiya barcha qonunchilik uchun, jumladan, fuqarolik qonunchiligi uchun ham rahbariy manba hisoblanadi. Konstitutsiya normalari u yoki bu munosabatni umumiy holda, konstitutsiyaviy darajada normalaydi, fuqarolik huquqiga doir qonunlar esa, uni to'ldiradi, aniqlashtiradi. Mamlakatimizning Asosiy qonunida huquqning, shu jumladan, fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari mustahkamlangan. Konstitutsiyaning 18,27,36,42,53,54,56-moddalari bevosita fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Masalan, Konstitutsiyaning 18-moddasida teng huquqlilik to'g'risida, 27-moddasida inson sha'ni, qadr-qimmatining qadrlanishi to'g'risida so'z boradi. 36-moddada esa, har bir shaxsning mulkdor bo'lishi mustahkamlab qo'yilgan. Vorislik huquqi qonun bilan kafolatlanishi ta'kidlangan. 42-moddada bo'lsa ijod erkinligi o'z ifodasini topgan. Konstitutsiyaning 53-moddasi alohida diqqatga sazovordir. Eng avvalo, Konstitutsiyada bir marta va ana shu moddada bozor munosabatlari o'z aksini topgan. Undan kelib chiqib, moddadagi quyidagi holatlarni alohida ko'rsatish mumkin: O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etishi; iste'molchilar huquqlarining ustuvorligi; iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish va mehnat qilish erkinligi; barcha mulk shakllarining tengligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi; xususiy mulkning boshqa mulk shakllari kabi daxlsizligi va davlat muhofazasida ekanligi; - mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkinligi kabi qoidalar. Bu holatlar keyinchalik mos ravishda O'zbekiston Respublikasining joriy qonun va qonunosti hujjatlarida o'z aksini topdi. Konstitutsiyaning 54-moddasida esa mulk huquqining mazmuni bevosita o'z ifodasini topgan. Bunga asosan mulkdor o'ziga tegishli mol-mulkni o'z xohishiga ko'ra egallash, foydalanish, tasarruf qilishga haqli. Ayni paytda mulkdor huquqining chegaralari ham Konstitutsiyada belgilab berilgan. Ya'ni, mol-mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan huquq va manfaatlariga putur yetkazmasligi lozim. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning qabul qilinishi davlatimizda yangi ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarning paydo bo'lishiga poydevor bo'ldi. Eng muhimi, Konstitutsiya fuqarolik huquqining asosiy ishtirokchisi hisoblangan inson va uning manfaatlarini oliy qadriyat deb hisoblaydi. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi ham konstitutsiyaviy tamoyillarga asoslangan holda bozor iqtisodiyoti sharoitiga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
362.41 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
362.41 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: doc