O'zbekiston Respublikasi huquq tizimi bilan qonunchilik tizmining o'zaro nisbati Reja: Huquq tizimining umumiy tavsifi Huquq tizimi Huquq normasi Huquq instituti Huquq tarmog'i Ommaviy va xususuiy huquq Huquq tizimining umumiy tavsifi Jamiyat turli xil ijtimoiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ijtimoiy munosabatlar xilma-xil bo'lishiga qaramasdan, ayni paytda, mazmunan muayyan guruhlarga birlashadi. Ular yaxlit bir ijtimoiy tizimni tashkil etadi. Bu, o'z navbatida, ushbu munosabatlar tizimini tartibga soladigan huquq normalarining ham tegishlicha guruhlanishini, tizimli xususiyatga ega bo'lishini belgilaydi. Huquq tizimi - huquqning ichki tuzilishi, ichki qurilishi, tarkibi bo'lib, u huquqning qanday qismlardan iborat ekanligini va qismlar o'rtasidagi munosabat hamda nisbat orqali ifodalanadi. Huquq tizimi obyektiv tabiatga ega. Buning manosi shuki, mavjud ijtimoiy munosabatlar va ularning real manzarasi huquq tizimini belgilovchi omil hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarning o'zgarishi, yangilanishi huquq tizimida o'zining aynan aksini, aniq ifodasini topadi, shu jihatdan har bir davlatning huquq tizimi shu jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning inikosi, ifodasi hisoblanadi. Malumki, har qanday huquq davlat tomonidan o'rnatilgan va bajarilishi hokimiyat vositalari bilan ta'minlanadigan normalar yig'indisidan iborat. Ayni vaqtda, bu normalar majmui betartib tarzda jamlangan bo'lmay, balki qismlari o'zaro muvofiqlik, bog'liqlik asosida birlashgan huquqiy tizimdir. Bu tizim bir paytda umumiylik va alohidalik, mustaqillik va bog'liqlik, o'xshashlik va farqlanish xususiyatlariga egadir. Huquq tizimini tashkil etgan normalarning umumiyligi va birligi ularda ifodalangan davlat irodasining yagonaligi, vazifalari va maqsadlarining mushtarakligi bilan belgilanadi. Huquq tizimi quyidagi xususiyatlarga ega: - birinchidan, ijtimoiy munosabatlarning mazmunidan kelib chiqib obyektiv ravishda shakllanadi va mavjud bo'ladi; - ikkinchidan, u yaxlit ijtimoiy organizm sifatida huquqning ichki tuzilishini, yani bu tizim qanday ichki qurilmadan iboratligini ko'rsatadi; - uchinchidan, huquq tizimi uni tashkil etuvchi yuridik normalarning muayyan guruhlarga birlashishini ifodalaydi; - to'rtinchidan, huquq tizimini tashkil etuvchi yuridik normalarning va ular birlashgan guruhlarning o'zaro farqlanishini, tasniflanishini ko'rsatadi; - beshinchidan, ijtimoiy munosabatlarning mazmuni, xususiyati va ularning o'ziga xosligi yuridik normalarning ham malum darajada ixtisoslashuviga, sohalarga ajralishiga sabab bo'ladi. Huquq tizimidagi strukturaviy tuzilmalar o'zining tashkiliy qurilishi va aloqalarining murakkabligi bilan bir-biridan farq qiladi (masalan, gorizantal, vertikal, matritsali va to'g'ri yo'nalishli aloqalar va h.k.) Taraqqiyotning hozirgi holatiga mos keladigan tasnifga ko'ra, huquq tizimi - huquq normalari, huquq institutlari va huquq tarmoqlari (sohalari)dan iboratdir. Ijtimoiy munosabatlarning tabiati va mazmunidan kelib chiqib, huquq tizimi turli huquq sohalaridan iborat bo'ladi. Ularning har biri o'zining predmetiga va ushbu predmet mazmunini tashkil qiluvchi munosabatlarni tartibga soluvchi metodi (uslubi)ga ega. Huquq sohalari tuzilishida normalar, institutlar, yordamchi institutlar (subinstitutlar) soha osti (podotrasli) huquqlar ajralib, o'z navbatida, sohaning umumiy va maxsus qismlarini tashkil qiladi. Huquq sohasi va uning tarkibi ham bir vaqtda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.71 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.71 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: docx