Reja: 1.Huquqni muhofaza qilish faoliyati tushunchasi 2. Huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo'nalishlari (funksiyalari) va ularni amalga oshiruvchi organlarning umumiy tavsifi 3. «Huquqni muhofaza qilish organlar» fanining tushunchasi va mazuni 4. «Huquqni muhofaza qilish organlari» fanining yuridik fanlar tizimida tutgan o'rni 5. Huquqni muhofaza qilish organlari to'¦risidagi qonunchilik Huquqni muhofaza qilish faoliyati tushunchasi Adabiyotlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar fao-liyati hamda ularni tavsiflovchi belgilar to'¦risida yagona fikr yo'q. Ayrim mualliflar «huquqni muhofaza qiluvchi organlar» tushunchasiga keng va har tomonlama yondashganlar, ularning fikricha huquqni muhofaza qilish organlariga barcha vazirliklar, davlat qo'mitalari va boshqa ijro organ-larini kiritish mumkin, sud, prokuratura, hamda advoka-tura va notariat to'¦risida gapirmasa ham bo'ladi, chunki yuqorida sanab o'tilgan organlarning barchasi huquqni muho-faza qilish hamda qo'riqlashda o'z o'rniga ega.[1] Davlat organlari turli xil masalalarni hal qiladi-lar, ya'ni iqtisodiyot faoliyatini ta'minlash, tashqi siyosat-ni amalga oshirish, ilm-fan rivojiga sharoit yaratib berish, ta'lim, madaniyat, mudofaa qobiliyatini ta'minlash v.b. Har bir davlat organi o'z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish bilan bir qatorda qonuniylikni ta'minlash, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, davlat va nodavlat tashkilotlari, mehnat kollektivlarini huquq va qonuniy manfaatlarini qo'riqlash, huquqbuzarlik va ji-noyatchilikka qarshi kurashish kabi bir qator huquqni muho-faza qilish sohasidagi faoliyatni ham amalga oshiradilar. Davlat va jamiyatdagi institutlarning huquqni muho-faza qilish yo'nalishi O'zbekiston Respublikasi Konstitu-siyasida o'rnini topgan. Xususan, Konstitutsiyaning 13-modda-sida: «O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquq-lari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi». Ushbu masala O'zR Konstitutsiyasining 2,15,19,20,43-mod-dalari va boshqa bir qator moddalarda o'z aksini topgan. Shu bilan bir qatorda fuqarolar o'zlarining huquq va erkin-liklarini qonuniy yo'llar bilan ta'minlashni talab qilishga haqlidirlar. Shuni ta'kidlash kerakki, ko'pgina davlat organlari-ning faoliyat doirasi inson huquq va erkinliklarini ta'-minlash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarni oldi-ni olish, qonuniylikni ta'minlash masalalarini hal qilish bilan chegaralanib qolmaydi. Birinchi navbatda ular xo'ja-lik, fan, madaniyat, mudofaa qobiliyati, tashqi siyosat va boshqa sohalar bilan shu¦ullanishadi. Qonuniylikni ta'-minlash va tartibni saqlash funksiyalarini ular o'zlari-ning asosiy faoliyatlari bilan birgalikda amalga oshiradi-lar. Yuridik adabiyotlarda huquqni muhofaza qilish fao-liyatiga tor, o'ziga xos yondashuv mavjud. V.M. Semyonov huquqni muhofaza qilish organlarini quyidagicha ta'riflaydi: huquqni muhofaza qilish organ-lari - bu davlat organlari va jamoat tashkilotlari bo'lib, ular o'z faoliyatini qonun hamda demokratik prinsiplarga asoslangan holda amalga oshiradilar, qonuniylik va huqu-qiy tartibotni ta'minlaydilar, fuqarolar, mehnat jamoa-lari, jamiyat va davlatning huquq va erkinliklarini himoya qiladilar, huquqbuzarlikning oldini olish va qonun hamda huquqiy tartibotni buzgan shaxslarga davlatning majburlov yoki jamiyatning ta'sir choralarini qo'llaydilar.[2] ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
93.74 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
93.74 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: doc