O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari R Ye J A : 1. Ichki ishlar sohasida boshqaruv tushunchasi va uning asosiy belgilari. 2. Ichki ishlar organlarining tizimi va huquqiy maqomi. 3. Militsiyaning huquqiy maqomi va faoliyatining asosiy yo'nalishlari. 4. Militsiyaning tashkiliy tuzilishi. O'zbekiston RespublikaSI IChKI IShLAR ORGANLARI IChKI IShLAR BOShQARUVI - DAVLAT BOShQARUVINING BIR TARMOG'I Ichki ishlar sohasida boshqaruv tushunchasi va uning asosiy belgilari. Huquqiy davlat qurmoqchi bo'lgan har qanday mamlakatda huquqiy tartibotni muhofaza etuvchi, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini kafolatlovchi malum bir siyosiy tizim ishlab chiqilib, davlat tomonidan boshqarib boriladi va ular oldiga shu mamlakat hududida qonun ustunligini ta'minlashdek buyuk vazifa qo'yiladi. Bu vazifalarni xal etish uchun dav¬lat huquqiy tartibotni muhofaza qilishga qaratilgan faoliyatining o'zaro boliq bo'lgan va ayni paytda nisbatan bir-biridan ajralgan bir necha turlaridan foydalanadi. Bular prokuratura, sud, xo'jalik sudi va boshqa davlat nazorat idoralaridir. Davlat tomoni¬dan bu idoralarning vakolat doiralari ishlab chiqilib, ularning har birining oldiga o'ziga xos vazifalar qo'yiladi. Ichki ishlar organlari davlat boshqaruvining tarkibiy qismi sifatida jamiyat hayotida asosiy o'rin tutadi. Ichki ishlar organlarining asosiy vazifasi o'z mohiyati va mazmuniga ko'ra Respublikada huquqni muho¬faza qilishga, qonun ustunligini ta'minlashga, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Shunga ko'ra ichki ishlar sohasidagi boshqaruvga davlat idoralarining jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat xavfsizligini ta'minlashga tegishli, shuningdek pasport tizimi qoidalarini amalga oshirish hamda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning mamlakatda bo'lish tartibini bevosita amalga oshirishga doir ijro va idora etish faoliyati deb ta'rif berish mumkin. Mazkur davlat boshqaruvi tarmoining asosiy vazifasi - davlat va fuqarolarning mol-mulklarini, qonuniy manfaatlarini ayriqonuniy xurujlardan asrashdan, jamoat osoyishtaligini ta'minlashdan, fuqarolarning tinch mehnat qilishi va dam olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishdan iborat. Binobarin, ichki ishlar sohasidagi boshqaruv moddiy boyliklar ishlab chiqarmaydi, balki bu boyliklarni muhofaza qiladi. Shunga ko'ra ma'muriy-siyosiy tizimning bu tarmoi zavod, fabrika, davlat, jamoa boshqaruv xo'jaliklari va boshqa xo'jalik tashkilotlarining inshootlarini, mol-mulklarini, moddiy boyliklarini qo'riqlaydi, xo'jalikning normal ishlashi uchun to'sqlshlik qiluvchi hquqbuzarliklarni bartaraf etadi. Ichki ishlar sohasida boshqaruv davlat nomidan, davlat vositalari orqali va davlat hokimiyat kafolatlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bu vakolatlar tegishli idoralarning majburiy huquqiy hujjatlar qabul qilishida, belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan ma'muriy nazoratni amalga oshirishda, ayrim ishlarni, harakatlarni taqiqlab qo'yishda, davlat yo'li bilan majbur etish choralarini qo'llashda namoyon bo'ladi. Ichki ishlar organlarining xodimlari ma'muriy faoliyat jarayonida hokimiyat vakillari sifatida ish olib boradilar, ularning yo'l-yo'riqlari barcha fuqarolar va mansabdor shaxslar uchun, ular qaysi idoraga qarashli ekanligidan qati nazar, majburiydir. Ichki ishlar organlariga ular fuqarolarning huquqlarini, jamiyat va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.57 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.57 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: doc