O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - Asosiy Qonun

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - Asosiy Qonun

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - Asosiy Qonun - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - Asosiy Qonun Reja: Davlat mustaqilligi va inson erkinligi Qomusi. Konstitutsiyaning qabul qilinishi va unda aks etgan xususiyatlar. O'zbekiston Respublikasining mazmun va mohiyatini belgilovchi asosiy g'oyalar. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tuzilishi va sifatini belgilovchi mezonlar. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya haqida. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari. Konstitutsiya va xalqaro huquq. Davlat mustaqilligi va inson erkinligi Qomusi. Mustaqillik sharofati tufayli 1992 yili 8 dekabrda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Erkinlik va ozodlikni, mustaqillik va hurlikni tantanali tarzda o'zida namoyon etuvchi bu muqaddas huquqiy hujjat qabul qilingan qutlug' sanani xalqimiz umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelmoqda. Mustaqillik Konstitutsiyasi jahonning siyosiy xaritasida yangi suveren davlat-O'zbekiston Respublikasi paydo bo'lganligini qonuniy tasdiqlab berdi.Asosiy Qonunimiz davlat mustaqilligini mustahkamlab inson huquqi va erkining huquqiy kafolati sifatida muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Buni shu aziz Vatanning har bir farzandi yurakdan his etadi.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-davlatning Asosiy qonuni bo'lib, istiqbol sari intilishimizga kuch bahshida etuvchi hujjatdir. U ijtimoiy va davlat hayotining huquqiy asosidir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ozod va suveren davlatning huquqiy asoslarini yaratish bilan birga jamiyatimizning huquqiy taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Konstitutsiyaga binoan o'zbek xalqining yo'li bitta-Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, mustaqillikni mustahkamlab mamlakat ravnaqini ta'minlashdir. O'zbekiston Konstitutsiyasining o'ziga xos mazmuni shundan iboratki, u o'zbek xalqining tarixiy va milliy qadriyatlarini, g'arb demokratiyasining insonparvarlik tamoyillarini o'zida mujassam etadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamiyatimiz barcha a'zolarining, shu jumladan yoshlarning manfaatlarini, ularning uaqhuquqi va erkinliklarini to'la uzida ifoda etadi. Chunki kelajagimiz bo'lgan yoshlar davlatimizning uar tomonlama qudratli davlatga aylanishida faol ishtiroki ual qiluvchi auamiyatga ega. Yoshlarning qobiliyati, iste'dodi, bilimiga muvofiq ijtimoiy eutiyojlarini e'tiborga olib, ilm olish, kasb, mashg'ulot turi va ish tanlash huquqini o'z ichiga oluvchi huquqlar majmui Konstitusiyaviy qoidalarda mustaukamlab quyilgan. Konstitutsiya qabul qilinishi va unda aks etgan xususiyatlar O'zbekiston yangi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi 1990 yil 20 iyunda Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilinishi bilan bevosita bog'liqdir. Konstitutsiyani yaratish zarurati o'z o'zidan paydo bo'lgani yo'q. Buning albatta o'z sabablari bor edi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi asosiy sabablari: o'zbek xalqining ozodlik, erk va mustaqillik yo'lidagi intilishi; xalqning butun bor imkoniyati va salohiyatini ishga solish, jamiyatning barqaror rivojlanishini ta'minlash; iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni demokratlashtirish, suveren davlatning oldini olish, o'z istiqlol va taraqqiyot yo'lini huquqiy jihatdan belgilash zaruriyati va boshqa omillar tashkil etadi. Birinchi Konstitutsiya loyihasini tayyorlash uchun mamlakatning ko'zga ko'ringan siyosatshunos, huquqshunos, iqtisodchi va boshqa mutaxassis olimlardan tarkib topgan 64 kishidan iborat komissiya tuzildi. Konstitutsiya loyihasini tayyorlash komissiyasining birinchi tashkiliy majlisi 1991 yil 12 aprelda Prezident Islom Karimov raisligida o'tdi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.25 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.25 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga